Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Uchko‘prik tumani, Sulton MFY, Sulton qishlog‘ida yashagan, 2007-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan R.A. 16.10.2022 yilda Buvayda tumani, Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan “Ansor” savdo majmuasida ota-onasining nazoratisiz yurgani va ushbu majmuada o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lganida, IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tuman IIB boshlig‘ining shu kungi qarori bilan Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat IIB JXX HPB VEIHYOKMga joylashtirilgan.
Shundan so‘ng, 17.10.2022-yilda voyaga yetmagan R.A. ning sog‘lig‘i yomonlashib, hushidan ketganligi sababli shahar Tez-tibbiy yordam xodimlari chaqirilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga “bosh miya kalla yopiq shikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilishi, bosh miya moddasining lat yeyishi” sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 18.10.2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida, jinoyatga bevosita aloqador ikki nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, holat yuzasidan IIB JXX HPB VEIHYOKM xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!