Atrofimizni turli fe’l-atvorga ega odamlar o‘rab turadi. Ularning ba’zilari bilan til topishish oson kechsa, ba’zilari bilan buni amalga oshirish qiyinchilik tug‘diradi. Buni qarangki, to‘g‘ri yo‘l tutilsa, fe’li og‘ir odam bilan ham til topishsa bo‘ladi...
Muloqotga oldindan tayyorlanish kerak
Har qanday muloqot oldidan, albatta, tayyorlanib olish kerak. Ishonchli tirgakni his qilishingiz uchun o‘tirib yoki turib oling. Muloqotni ishongan narsalaringizni aytishdan boshlang, hayolingizda muloqot uchun kirishgan sababni saqlab turing. Gapirish vaqtida qizishib ketmaslik uchun nigohingizni ko‘ziga emas, kiyimidagi biror bir narsaga qaratganingiz ma’qul.
O‘zingizni janjal qidirishga emas, yechim topishga sozlang
Odamlar bilan muloqotga kirishishdan avval “men sen bilan urishish uchun emas, muloqot o‘rnatish uchun suhbatlashyapman”, deng. Dialog kimningdir ustun kelishi uchun emas, ikki insonning bir-birini tushunishi uchun amalga oshiriladi.
Ochiq bo‘ling
Atrofdagilar sizga ishonishga majbur emas. Sizning qarashlaringizni maqullashga ham majbur emaslar. Har bir insonning o‘z haqiqati bor. So‘zlar ortida nima yashirinligiga e’tibor qarating. Avval tinchlanib, ochiq muloqotga kirishing.
Suhbatdoshingizga hurmat bajo keltiring
Har bir inson hurmat-ehtiromga loyiq. Suhbatdoshni hurmat qilsangiz, u ham sizni hurmat qilishni boshlaydi.
Suhbatdoshning qabul qilishini ham e’tibordan qoldirmang
Har bir insonning o‘z tili bor. Har kim ma’lumotni turlicha qabul qiladi. Ya’ni, har bir inson o‘z dunyoqarashi, o‘z tushunchasiga tayangan holda aytilgan ma’lumotni o‘zlashtiradi. Tushunmagan narsangizni so‘rashdan tortinmang. O‘zingiz va suhbatdoshingizga ma’lumotni qayta ishlashi va qabul qilishi uchun imkon bering. “Sen” deb uni aybdor qilishdan avval “men”ga e’tibor bering: “men shunday o‘ylayapman”, “men hisoblaymanki,” kabi...
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!