Parij shahrida oʻtkazilayotgan “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi “Rolan Garos” turnirining chorak final bosqichida dahshatli qarama-qarshilik boʻlib oʻtdi.
Unda dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich hamda ATP reytingida 5-oʻrinni egallab turgan ispaniyalik Rafael Nadal oʻzaro toʻqnash kelishdi.
4 soat 16 daqiqa davom etgan uchrashuvda ispaniyalik tennischining qoʻli baland keldi — 6/2, 4/6, 6/2, 7/6(4).
Novak uchrashuv davomida 5 ta eys, 4 ta breyk-poyntni amalga oshirib, 4 ta majburiy boʻlmagan qoʻshxatoga yoʻl qoʻydi.
Rafael esa 3 ta eys, 7 ta breyk va 4 ta qoʻshxato qayd etdi. Tennischilarning oʻzaro uchrashuvlarida Nadal hisobni minimal darajaga tushirdi — 29:30.
Maʼlum qilinishicha, mazkur gʻalabadan soʻng, tennis jamoatchiligi ijtimoiy tarmoqlarida ispaniyalik raketka ustasi “Fenomenadal”, — deb atalgan.
Qayd etish mumkin, mazkur turning yarim final bosqichida Nadal chorak finalda ispaniyalik Karlos Alkarazni — 6/4, 6/4, 4/6, 7/6 hisobida magʻlub etgan Germaniya vakili Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!