Forish tumani “Egizbuloq” mahallasida 2022-yil 20-aprel kuni sodir bo‘lgan sel natijasida talofat ko‘rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi maʼlum qilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu oilalar uchun yer maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. Shuningdek, seldan qisman talofat ko‘rgan 96 ta uy-joylarda hukumatimiz qaroriga asosan rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, ayrim ijtimoiy obyektlar, jumladan, “Egizbuloq” mahallasi o‘rtasida ehtimoliy sel oqibatlarini oldini olish maqsadida 4 kilometr masofada kanal qurilishi ham rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, Egizbuloq mahallasidagi sel hodisasi natijasida, sel suvlari mahallaning 260 ta xonadonlaridan o‘tib, ularning 53 tasini to‘liq, 44 tasini o‘rta darajadagi va 163 tasini yengil darajada zararlagan.
Shuningdek, viloyat hokimligi sel asoratlarini bartaraf etish uchun jalb etiladigan texnikalarni yoqilg‘i-moylash materiallari bilan taʼminlash uchun viloyat hokimining zaxira jamg‘armasi va yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan Forish tumani mahalliy byudjetiga 350 mln.so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan.
Bundan tashqari hokimlik ushbu tabiat hodisasi jabrdiydlariga ham viloyat mahalliy byudjetining erkin qoldiq va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun 864 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Unga ko‘ra:
5 nafar vafot etganlarning oilasiga (har biriga 135 mln so‘mdan) – 675 mln;
2 nafar o‘rtacha tan jarohati olganlarga (har biriga 40,5 mln so‘mdan) – 81 mln;
4 nafar yengil tan jarohati olganlarga esa (har biriga 27 mln so‘mdan) 108 mln so‘m ajratildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!