Xabar berib borayotganimizdek Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev poytaxt tumanlarida aholimiz vakillari uchun sayyor qabullar o‘tkazib kelyapti.
Ana shunday qabullarning navbatdagisi 19-apreldan 20-aprelga o‘tar kechasi Chilonzor tumanining “Katta Do‘mbirobod” mahallasida shahar hokimi, poytaxtdagi sektorlar rahbarlari va Chilonzor tumani mutasaddilari ishtirokida o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi, o‘rganish talab etiladiganlari mas‘ullarga biriktirildi hamda tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Belgilangan rejaga ko‘ra, shahar va tumanlar hokimliklarida fuqarolar qabullari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!