Avval xabar berilganidek, ayni kunlarda Tojikistonning poytaxti Dushanbe shahrida ayollar oʻrtasida futzal boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur musobaqada Tojikiston, Oʻzbekiston, Eron va Qirgʻiz Respublikasi jamoalari gʻoliblik uchun kurash olib boryapti.
Biroz avval Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaning ikkinchi turi doirasida Qirgʻiziston terma jamoasi bilan roʻbaroʻ keldi. Gollarga boy oʻtgan bellashuvda vakillarimiz, raqibalari darvozasiga javobsiz 11 ta toʻp yoʻllagan holda zafar quchishdi.
Qirgʻiz Respublikasi 0:11 Oʻzbekiston
Gollar: Maftuna Shoyimova 5ʼ, 33ʼ, 37, Madina Hikmatova 8ʼ, Dildora Ergasheva 11ʼ, 34ʼ, 39ʼ, Nilufar Kudratova 14ʼ, Zumrat Nazarova 32ʼ, Eʼzoza Sharipova 39, Nozima Ergasheva 38ʼ.
Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz dastlabki turda Eron termasiga 5:3 hisobidan imkoniyatni boy berishgan edi.
Eslatib oʻtish mumkin, terma jamoamiz oʻzining keyingi uchrashuvini 24-yanvar sanasida Tojikistonga qarshi oʻtkazadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!