O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizjon G‘aniyev to‘p surayotgan “Shabob Al Ahli” klubi BAA Kubogi chorak final ilk o‘yinida “Ajman”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Jiddiy jarohatdan forig‘ bo‘lib, endi sport formasini tiklab borayotgan G‘aniyev “Ajman”ga qarshi bahsni zaxirada boshlagan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda murabbiylar hamyurtimizga imkon berishga qaror qildi. Aziz o‘yin so‘ngida maydonga tushgan bo‘lsada o‘z darajasida to‘p tepdi.
Endi dubayliklar 3-yanvar kuni “Ajman” maydonida mehmon bo‘lishadi va durang natija ham G‘aniyev jamoasini BAA Kubogi yarim finaliga olib chiqadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!