Germaniya 2022-yil oxirigacha Rossiyadan neft importini to‘xtatish niyatida. Yevropa Ittifoqi davlatlari navbatdagi sanksiyalar paketi doirasida Rossiya yoqilg‘isini yetkazib berishni taqiqlash bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa ham Germaniya import qilishni to‘xtatmoqchi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiylariga tayanib, Bloomberg xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Kansler Olaf Shols hukumati Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotiga javoban Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari doirasida bir qator choralarni amalda qo‘llamoqchi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, hukumat muqobil neft yetkazib beruvchilarni topish va ular bilan shartnomalar tuzishda sezilarli yutuqlarga erishgan.
Bundan tashqari, Bloomberg agentligining qayd etishicha, neft embargosi va energetika xavfsizligi mavzusi Sholsning Gollandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan muzokaralarida, shuningdek, Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Tani bilan uchrashuvda asosiy mavzu bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!