“Bavariya” yarimhimoyachisi Joshua Kimmix Germaniya terma jamoasining 2021-yildagi muxlislari sevimlisiga aylandi.
26 yoshli yarim himoyachi 33,8% ovoz toʻpladi. Ikkinchi oʻrindan “Chelsi” yarim himoyachisi Kay Haverts (22,7 foiz) joy oldi. “Bavariya” vingeri Leroy Sane esa (13,6 foiz) kuchli uchlikka yakun yasadi.
2020-yil yakunlariga koʻra, darvozabon Manuel Noyer Germaniya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Eslatib oʻtish mumkin, oʻtgan yilgi Yevropa chempionatida Germaniya 1/8 final bosqichida Angliyaga magʻlubiyatga uchrab, turnirni tark etgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!