$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

Gollivud aktrisalari haqida siz bilmagan 6 fakt

10:10 / 07.05.2022

Yulduzlar hayotida sodir boʻlgan har qanday voqea-hodisa shov-shuvga aylanib ketishi rost. Ammo, bu yulduzlar hayotiga oid maʼlumotlarning barchasi bizga maʼlum degani emas. Gollivudning birinchi raqamli goʻzallari bolalik vaqtlarida tengdoshlarining mazaxlariga duchor boʻlishgan, ijod uchun betakror sochlaridan voz kechishgan, goʻzallik tanlovlarida ishtirok etishgan. Biz bugun sizga Gollivud goʻzallari haqidagi koʻpchilik bilmaydigan maʼlumotlarni taqdim etamiz.

Ariana Grande: Mashhur soch turmagi siri

Ariana Grandening har doim bir hil soch turmagida yurishiga hech eʼtibor qaratganmisiz? Ushbu turmak xonandaning ixtiyoriy tanlovi emas, ehtiyotkorlik tufayli paydo boʻlgan gʻoyadir. Ariana oʻz vaqtida 4 yil uzluksiz ravishda sochini boʻyab yurishga majbur boʻlgan. Natijada sochlar zaiflashib, koʻrinishi xunuk holatga kelgan. “Mening haqiqiy sochlarim juda yomon boʻlib ketgan, ularni yoysam turmagim dahshatli koʻrinadi”, deydi xonandaning oʻzi.

Jennifer Lopes: Xonandaning sochlari tabiiy emas

Jennifer Lopesning hajmdor va toʻlqinsimon koʻrinishga ega sochlari ijodkorning tashrif qogʻoziga aylangan. Shunga qaramasdan aktrisa sochlari oʻziniki emasligini bir necha bor taʼkidlagan. Ijodkor muhim tadbirlarda ishtirok etish avvalidan maxsus ulama soch taqib oladi. Oʻzining tabiiy sochlari uzunligi esa yelkasiga ham tushmaydi.

Gal Gadot: “Isroil goʻzali” tanlovida gʻolib boʻlgan

Aktrisa Gal Gadot 19 yoshlik vaqtlarida “Isroil goʻzali” tanlovida ishtirok etish taklifini olgan. Boʻlgʻusi aktrisa tanlovda qatnashish yaxshigina tajriba boʻlishini anglab yetgan. Gʻolibalar oʻz-oʻzidan “Koinot goʻzali” tanlovida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritar edilar. Gal Gadot tanlovda ishtirok etib, Isroilning birinchi raqamli goʻzali sifatida gʻoliblikka erishgan va “Koinot goʻzali” tanlovida Isroil nomidan qatnashgan.

Sofi Terner: Ariqlardan qoʻrqadi

“Taxtlar oʻyini” seriali yulduzi Sofi Terner koʻchadagi kanalizatsiya lyuklari va ariqlarni koʻrsa dahshatga tushadi. Bu aslida fobiya emas, aktrisa ularga yaqin yurmaslik istagini irimchiligi bilan izohlaydi.

Keyt Uinslet: “Titanik” filmining suratga olish ishlaridan soʻng Rouzning ziraklarini “oʻzlashtirgan”

Aktrisa Keyt Uinslet “Titanik” filmining suratga olish ishlari yakunlanganda Rouzning ziraklarini oʻzida qoldirishga qaror qilgan. “Odamlar ”White Star Line“ logotipi tushirilgan finjonlar va idishlarni olib ketishgan. Men esa boshqacha yoʻl tutganman. Rouzning ziraklarini oʻzlashtirganman, ammo keyinchalik ularning bittasini qayerdadir yoʻqotib qoʻydim”, deydi aktrisa.

Anjelina Joli: Samolyotni boshqarishni biladi

Taniqli aktrisa Anjelina Joli samolyotni mahorat bilan boshqara oladi. Uning uchuvchilik bilan shugʻullanishga imkon beruvchi maxsus litsenziyasi ham bor.

 



														
														“Sevgi iztirobi” serialidagi Nihonning qizi Deniz hozir qanday ko‘rinishda?

“Sevgi iztirobi” serialidagi Nihonning qizi Deniz hozir qanday ko‘rinishda?

“Sevgi iztirobi” seriali 2015-2017-yillarda suratga olingan bo‘lib, bosh rollarda Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, Kaan Urg…
10:42 / 19.03.2024

														
														“Deadpool 3” filmining birinchi tizeri e’lon qilindi

“Deadpool 3” filmining birinchi tizeri e’lon qilindi

Premyera shu yilning yoz oyiga rejalashtirilgan.
11:34 / 12.02.2024

														
														Koronavirus haqidagi o‘zbek filmi tizeri e’lon qilindi

Koronavirus haqidagi o‘zbek filmi tizeri e’lon qilindi

Hozircha kinokartina premyerasi sanasi ma’lum emas.
17:48 / 07.02.2024

														
														“Apollon Krid” vafot etdi

“Apollon Krid” vafot etdi

Aktyor Karl Uezers 76 yoshida vafot etdi.
13:11 / 03.02.2024

														
														Bred Pitt Kventin Tarantinoning so‘nggi filmida rol ijro etishi mumkin

Bred Pitt Kventin Tarantinoning so‘nggi filmida rol ijro etishi mumkin

G‘arb nashriyotlarida aktyor yana bosh qahramonlardan birini ijro etadi degan xabarlar urchimoqda.
12:16 / 02.02.2024

														
														UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi

UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi

Striming platformasida 21-mart kuni ommaga taqdim qilinadi.
12:45 / 26.01.2024

														
														“Avatar: Aangning so‘nggi afsonasi” premyerasi ma’lum qilindi

“Avatar: Aangning so‘nggi afsonasi” premyerasi ma’lum qilindi

Filmning to‘liq premyerasi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
16:25 / 25.01.2024

														
														2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

Amerika kino san’ati va fanlari akademiyasi 2024-yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
16:14 / 24.01.2024

														
														Garri Potterning yangi qismlari suratga olinadi

Garri Potterning yangi qismlari suratga olinadi

Televizion va striming kompaniyasi ssenariy mualliflari uchun tanlov jarayonini boshlaganini ma’lum qildi.
14:38 / 22.01.2024

														
														Kun tarixi: Zulfiqor Musoqov millat farzandi

Kun tarixi: Zulfiqor Musoqov millat farzandi

Kinorejissyor “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
09:48 / 19.01.2024

Bu ham qiziq

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!