Joriy yilning 8-sentabr kuni Guliston shahar madaniyat va istiroxat bog‘i hududida bir qancha daraxtlarning kesilish holati aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan hozirda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!