Turkmanistonda 2022-yil fevral oyi boshida mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organi — Xalq maslahatining navbatdan tashqari majlisi o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov navbatdan tashqari majlis o‘tkazilishi haqida 7-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida ma’lum qilgan. Unda mamlakatni kelgusi 30 yilda rivojlantirish dasturini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek, 2021-yil yakunlari va 2022-yildagi vazifalar muhokama qilinishi aytilmoqda.
Biroq, taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xalq maslahatining bu galgi majlisida ko‘riladigan eng asosiy masala boshqa. Aytishlaricha, Gurbanguli Berdimuhamedov davlat boshqaruvini o‘g‘liga topshirish taklifini ilgari surishi mumkin.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Ashxobodda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari mart oyida bo‘lib o‘tishi ham mumkin. Asosiy nomzod esa prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!