“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLdagi tigʻiz taqvim haqida gapirdi.
“Premyer-ligada Boxing Day anʼanasi muhim, men uni oʻzgartirmagan boʻlardim. Umuman, muammo jadvalda. Futbolchilar yozda 2-3 haftalik taʼtilga chiqishadi, keyin esa yana mavsum boshlanadi. Bu ortiqcha.
Bugun murabbiylar Premyer-liga va teleradiokompaniyalar bilan bogʻlanib, hamma uchun nima yaxshi ekanini hal qilishadi. Futbolchilarning farovonligi birinchi oʻrinda turishi kerak.
Angliya beshta almashtirish qoidasini qabul qilmagan yagona davlatdir, bu yerda bu qoida 3 tagacha amal qiladi. Nega? Biz oʻyinchilarni avaylashimiz kerak, shuning uchun beshta almashtirish kerak. Oʻyinlar sonini hisobga olsak, bu ancha yaxshi, lekin Premyer-liga va boshqa klublar bunga qarshilik qilishdi.
Agar oʻyinchilar va murabbiylar bir qarorga kelib, ish tashlash kabi narsalarni tashkil qilishsa... Soʻz bilan muammoni hal qilib boʻlmaydi. UEFA, FIFA, Premyer-liga, teleradiokompaniyalar — biznes hamma uchun [futbolchilar] farovonligidan muhimroq”, — dedi Gvardiola.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!