Amerikaning Alabama shtatida erta tugʻilish koʻrsatkichi boʻyicha jahon rekordi qayd etildi. Kertis Mins ismli oʻgʻil bola chaqaloq homiladorlikning 21-haftasi, 1-kunida 420 gramm vazn bilan dunyoga kelgan.
Kertis bundan bir yil avval tugʻilgan boʻlsa-da uning rekordi bugungi kunga kelib qayd etilgan.
Odatda chaqaloqlar homiladorlikning 40-haftasida dunyoga keladilar, Kertis va uning egizak singlisi Kasiya esa muddatidan 19 hafta avval tugʻilgan.
Chaqaloqlar zudlik bilan jonlantirish boʻlimiga joylashtirilgan, ming afsuski Kasiya oradan bir kun oʻtib vafot etgan. Shifokorlar Kertisning yashab ketishi ehtimoli 1 foizga teng ekanligini aytishgan.
Bolakay oradan 3 oy oʻtib sunʼiy nafas olish apparatidan uzilgan, 275 kundan keyin esa unga uyiga ketish uchun javob berilgan.
Bundan avvalgi rekord AQShning Viskonsin shtatida yashovchi Richard Xatchinsonga tegishli edi. U homiladorlikning 21-haftasi, 2-kuniga dunyoga kelgan. Kertis oʻzidan avvalgi rekordchini 24 soatga ortda qoldirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!