Honor jahon bozoriga yangi byudjet smartfonini taqdim etdi. U Honor X5 deb nomlangan.
Honor X5 6,5 dyuymli HD+ displeyga ega bo‘lib, 5 megapikselli old kameragaega. Orqa panel charm teksturaga ega va 8 megapikselli sensor hamda LED chirog‘li kvadrat kamera modulini o‘z ichiga oladi.
Honor X5 smartfoni PowerVR GE8320 grafik tezlatkichiga ega MediaTek Helio G25 protsessoriga asoslangan. Yangilik microSD karta uyasi yordamida kengaytiriladigan 2 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotiraga ega bo‘ldi.
Honor X5 5000 mA/soat akkumulyator, micro-USB port, 3,5 mm raz’em, VoLTE, WiFi, Bluetooth 5.1 modullari va ikkita SIM-karta uchun slot bilan jihozlangan.
Honor X5 taxminan 105 dollarga Sunrise Orange, Ocean Blue va Midnight Black ranglarida taklif etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!