Kopengagen universiteti olimlaridan iborat astronomlar guruhi “Hubble” teleskopi yordamida koʻzga koʻrinmaydigan ikkita galaktika suratini qoʻlga kiritdilar.
“Biz ”Hubble“ kosmik teleskopi sharofati bilan uzoq galaktikalarning suratlarini koʻrdik. Keyin esa kutilmagan bir vaqtda ularning ikkitasi qoʻshni ekanligini payqadik. Ikki qoʻshni galaktika chang bilan qurshalgani tufayli ulardan chiqayotgan yorugʻlikning bir qismi toʻsib qoʻyilgan, bu esa ”Hubble“ga ularni koʻrishga imkon bermagan”, dedi tadqiqot muallifi Paskal Ush.
Yangi galaktikalarga REBELS-12-2 va REBELS-29-2 deb nom berilgan. Ular Yerdan 29 milliard yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan.
“Biz kashf etgan koʻrinmas galaktikalar bugungi kunda koinotni qurshab turgan yetuk galaktikalarning paydo boʻlishidagi ilk qurilish bloklaridir”, dedi Ush.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!