“Milan”ning 40 yoshli shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovich PSJning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappega faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bergan maslahati haqida gapirdi.
“Men Mbappening oʻrnida boʻlganimda ketardim. PSJ uni saqlab qolishga harakat qilishi kerak. Lekin hammasini Kilian hal qiladi. PSJ uni saqlab qolmoqchi, ammo u qolishni xohlayaptimi?
Menimcha, uni qoʻlga kiritishni istagan boshqa klublar ham bor: agar siz sport direktori boʻlsangiz va mablagʻingiz boʻlsa va Mbappeni olishni istamasangiz, siz notoʻgʻri ish bilan shugʻullanayotgan boʻlasiz.
Kilianning oʻzi maslahat soʻrab menga murojaat qilganida, men unga: “Agar men sening oʻrningda boʻlganimda, “Real”ga oʻtgan boʻlardim.
Men turli jamoalarda, turli mamlakatlarda, turli chempionlar bilan oʻynash imkoniga ega boʻldim va shu tariqa oʻrgandim va oʻsdim. Menimcha, butun faoliyatingiz davomida oʻz vataningizda oʻynash osonroq. Agar narsalaringizni yigʻib, boshqa joylarga borsangiz, bu sarguzasht boʻladi”, — deydi Zlatan.
Oldinroq parijliklar Kilian Mbappega ajoyib taklif, jumladan, futbolchi uchun juda qulay shartlarda ikki yillik shartnoma tuzishgani maʼlum boʻlgan edi.
Qayd etilishicha, fransuz va uning vakillari klubni keyingi hamkorlik boʻyicha qaror yozgacha qabul qilinmasligi haqida xabardor qilgan, chunki hujumchi bor eʼtiborini joriy mavsumga qaratishga intilmoqda. Madridning “Real” klubi Kilian Mbappe faoliyatini Ispaniyada davom ettirishiga ishonch bildirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!