$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

Indoneziya ikki oʻt orasida: Jokovi kimga yon bosadi?

18:55 / 04.07.2022

Indoneziya ikki oʻt orasida: Gʻarb uning Rossiyaga topshirgan taklifnomasini qaytarib olishini xohlayapti… Xoʻsh, ushbu vaziyatda Jokovi kimga yon bosadi?

G20 Indoneziya sammiti haqida – AQSh, Yevropa va Rossiya.

2022-yilgi G20 konferensiyasi – dunyodagi eng yirik iqtisodiyot egalarning hukumatlararo yigʻilishi 15 va 16-noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu yilgi G20ga ittifoqchilar bosimiga duch kelayotgan Indoneziya prezidenti Joko Vidodo (Jokovi) raislik qilmoqda. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sababli gʻarb davlatlarining rahbarlari rus vakillarini sammitda qatnashish huquqidan mahrum qilish niyatida. Hatto, baʼzi davlatlar Rossiya vakillari qatnashadigan uchrashuvlarni boykot qilish bilan tahdid etmoqda.

Ukraina esa G20 aʼzosi boʻlmasa-da, AQSh va Kanadaning dastlabki takliflaridan soʻng sammitda qatnashish huquqiga ega boʻlishi mumkin.

Joriy yilning 14-aprel kuni Kreml Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning konferensiyada virtual ishtirok etishini maʼlum qilgan edi. Ammo, Rossiyaning Ukraina fuqarolariga qarshi urush jinoyatlari sodir etgani haqida batafsil maʼlumotlar paydo boʻlgach, AQSh va boshqa koʻplab dunyo yetakchilari konferensiya borasidagi pozitsiyalarini oʻzgartirishdi. Hattoki, AQSh prezidenti Jo Bayden Putinni “harbiy jinoyatchi” deya atadi.

Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison Putinning G20 da ishtirok etishiga ruxsat berish “juda yomon qadam” boʻlishini aytdi, Kanada hamda Yevropa vakillarini Rossiyaning tadbirdagi bu yilgi ishtirokini taqiqlashga chaqirdi.

Ikki oʻt orasida qolgan Indoneziya: Unga har tomondan bosim boʻlyapti

Indoneziya odatda “erkin va faol” tashqi siyosatga intilib, yirik davlatlar bilan mojarolarga aralashmaslikka harakat qiladi. U Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy bosqiniga nisbatan neytral pozitsiyani egallab kelmoqda. Mamlakat urushni tugatish haqida umumiy bayonotlar bergan va BMTning tinchlikka chaqiruvchi rezolyutsiyasini imzolagan boʻlsa-da, Jokovi Rossiyaga qarshi sanksiyalar qoʻllashdan bosh tortdi, u harbiy harakatlarni “urush” deb atamaydi va shu paytgacha hech qanday hujjatda Rossiyani toʻgʻridan-toʻgʻri bosqinchi deb atamagan. Shuningdek, BMTning Rossiyani BMT Inson huquqlari kengashi aʼzoligidan chiqarib turish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga ovoz berishda ham betaraf pozitsiyada qolgan.

G20 Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyingi birinchi yirik xalqaro konferensiya boʻladi va bu xalqaro hamjamiyatga urushga munosabat bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Hozircha Indoneziya Putin yoki boshqa vakillarining ishtirok etishiga ruxsat berish qaroriga nisbatan “xolis” boʻlib qolishini aytmoqda. Mamlakat rasmiylaridan biri – Triansya Djani G20da belgilangan qoidalar va koʻrsatmalarga amal qilish shartligini aytib oʻtdi, bu vaziyatda G20ga Rossiyani taklif qilish kerak boʻladi.

Rasmiy Indoneziya turli konferensiyalar va forumlar yoki tashkilotlarga raislik qilishda har doim qoʻllaniladigan qoidalar va tartiblarga boʻysunishini taʼkidlab kelgan. Bu gaplar G20 borasida ham amal qiladi.

Indoneziya amaldorlari Prezidentdan rozimi?

Indoneziyalik amaldorlardan biri Affendi Simbolon Jokovining pozitsiyasini “sodda” deb atadi va uni shunchaki “tadbir tashkilotchisi” vazifasini bajarish oʻrniga G20ning amaldagi raisi sifatida qatʼiy chora koʻrishga chaqirdi.

Indoneziyalik oddiy aholi kim tomonda?

Indoneziyalik fuqarolarning bir qismi prezidentning nima uchun Rossiyani Ukrainadagi ishlardan keyin ham sammitga taklif etayotganini soʻrab, buni “mantiqsizlik” deb ataganlar.

Boshqa bir guruh fuqarolar esa mamlakat rahbariga yuzlanib, Indoneziya boshqa davlatlar, xususan Amerika tomonidan dikte qilinmasligi kerak deb aytishgan. Uning gaplariga koʻra, agar prezident Rossiyani G20 dan chiqarib yuborsa, mamlakat mustaqil emasligi va Yevropa oldida Indoneziyaning haqiqiy qiyofasi nochorligini koʻrsatib qoʻyishi mumkin. Bu esa mamlakatning xalqaro obroʻsiga putur yetkazadi.

“Unga istalmaganini ayt, uyiga ketsin”: Gʻarbning Rossiyani chetlatishga urinishlari

Oq uyda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida AQShning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan: “Biz Rossiya uchun xalqaro institutlar va hamjamiyatda odatdagidek munosabatda boʻlishning ilojisi yoʻq deb hisoblaymiz”, degan.

AQSh moliya vaziri Janet Yellenning aytishicha, AQSh Rossiya vakili ishtirok etadigan G20 uchrashuvlarini boykot qiladi. “Men Indoneziya rahbariyatiga agar u yerda ruslar boʻlsa, biz bir qator uchrashuvlarda qatnashmasligimizni aytdim”, – degan edi u.

Shunga qaramay, hali ham G20 aʼzolarining baʼzilari Rossiyani guruhdan butunlay chiqarib tashlash kerakmi yoki yoʻqligi borasida aniq bir toʻxtamga kelmagan.

Shu yilning 23-mart kuni Polshaning sobiq taraqqiyot vaziri Piotr Novak AQShdan Rossiyani G20 tarkibidan chiqarish va uning oʻrniga Varshavaning ittifoqqa qoʻshilishi imkoniyatini koʻrib chiqishni soʻradi. “Ukrainaga hujum qilib, xalqaro hamkorlik qoidalarini buzganidan keyin” katta yigirmatalikda Rossiyaga joy boʻlmasligi kerak”. Polsha soʻnggi 30 yil ichida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan ikkinchi davlat sifatida G20dan joy olishga loyiqdir”, – degan u.

Mart oyidagi matbuot anjumanida Bayden Rossiyani guruhdan chiqarishni qoʻllab-quvvatlashini aytdi. Biroq, amaldagi tartib-qoidalar G20 aʼzosini chiqarib yuborishga imkon beradimi yoki yoʻqmi – bu aniq emas. Chunki har bir aʼzo davlat qaror boʻyicha konsensusga erishishi kerak. Shunday qilib, Rossiyaning G20 dan rasman olib tashlanishi dargumon.

Rossiya tomonida kimlar bor? Xitoy Moskvani qoʻllab-quvvatlaydimi?

“Xitoy allaqachon Rossiyaning G20dagi ishtirokini davom ettirishini qoʻllab-quvvatlashini aytgan, chunki u mamlakatni “muhim aʼzo” deb biladi va xabarlarga koʻra , Jokovidan urush G20 sammitining kun tartibiga aylanishiga yoʻl qoʻymaslikni soʻragan”, – deya xabar beradi “South China Morning Post”.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin ham “hech bir aʼzo boshqa davlatni aʼzolikdan chiqarishga haqli emas” deb taʼkidlagan.

Shuningdek, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro ham Putinning konferensiyada ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlaydi.

Jokovining jumboqlari: Indoneziya nimadan xavotirda?

Indoneziya rasmiylari bu yilgi konferensiyadan xalqaro maydonga koʻproq taʼsir oʻtkazish va tan olinish uchun foydalanishga umid qilishgandi.

Afsuski, Rossiyaning mavjudligi va undan keyingi boykotlar Indoneziyani siyosiy tomonlama bogʻlab qoʻyishi hamda Jokovining kun tartibini buzishi mumkin. Oʻzining kuchli iqtisodiy yoʻnalishi va konservativ tashqi siyosati bilan tanilgan Jokovi sammitdan COVID-19 iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarni hal qilish uchun foydalanishni rejalashtirgan. Bu yilgi konferensiya mavzusi “Birgalikda tiklanamiz, kuchliroq tiklanamiz” boʻladi.

Muammo shundaki, agar Putin yoki Zelenskiy tadbirda qatnashsa, katta ehtimol bilan, sammitning eʼtibori Rossiya va Ukraina mavzusiga qaratilib, konferensiyadan koʻzlangan maqsadlar chetda qolib ketishi mumkin.

Indoneziya aslida kim tomonda?

Indoneziya kibermakonida “rossiyaparast targʻibot” toʻlqinlari paydo boʻla boshladi. Ayniqsa, 2000-yillar boshidagi “terrorga qarshi urush” va undan keyingi islomofobiya siyosati avj olganidan soʻng dunyodagi eng koʻp musulmonlar yashaydigan davlat boʻlgan Indoneziya fuqarolari AQShga nisbatan chuqur ishonchsizlikka ega boʻlishdi.

Bandungdagi “Universitas Jenderal Achmad Yani”ning xalqaro munosabatlar boʻyicha oʻqituvchisi Yohanes Sulaymon “Al Jazeera”ga bergan intervyusida shunday degan:

“Rossiyaparast indoneziyaliklar” Qoʻshma Shtatlarni yoqtirmaydi va unga ishonmaydi. Odamlar oʻtmishda 11-sentyabr fitnasi va ommaviy qirgʻin qurollarining yoʻqligi kabi uydirma deb hisoblangan sabablarga koʻra, AQShning Afgʻoniston va Iroqqa hujum qilganini koʻrgan. Bu ularning AQSh ommaviy axborot vositalari misolida axborot manbalarining ishonchliligiga shubha qilishlariga taʼsir koʻrsatdi. Koʻpchilik AQShdan kelgan yangiliklarni oʻqimaydi, bunga sabab qilib esa ularni shunchaki qabul qila olmasliklarini taʼkidlashadi. Ammo, buning asl ildizi ularning AQShga nisbatan ishonchsizligidir”.

Jokovi endi nima qilishi kerak?

Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi koʻplab davlatlar singari Indoneziya ham Rossiya bilan ijobiy tarixiy aloqalarga ega.

Bu omillar Jokovining ishini yanada qiyinlashtiradi. Chunki u bir tomondan, Rossiyaning ishtirok etishiga ruxsat berish bilan munosabatlarni ushlab qolishga erishsa ham ikkinchi tomondan Gʻarb bilan siyosat muvozanatini yoʻqotishi xavfi katta.

Indoneziya prezidenti bu muammoni “six ham, kabob ham kuymaydigan” qilib hal eta olsa, bu jarayonda sammitdan koʻzlagan maqsadlariga erishishi mumkin.

Ammo bunday boʻlmasa, Gʻarb hukumati bilan katta muammolarga duch kelishi yoki Rossiya bilan umumiy munosabatlarini uzishiga toʻgʻri keladi. Har ikkala vaziyat ham mamlakat uchun yaxshilik keltirmasligi aniq.

Muallif: Sardor To‘lanboyev.

 


Siyosat


														
														Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024

														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa f…
13:56 / 15.04.2024

														
														Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

“AQSh Ukrainaga haddan tashqari e’tibor qaratmoqda”.
15:40 / 05.04.2024

														
														Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.
13:38 / 05.04.2024

														
														“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.
09:39 / 31.03.2024

														
														TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qula…
09:31 / 13.03.2024

														
														O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qabulida bo‘ldi.
10:45 / 08.03.2024

														
														Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbeki…
15:05 / 23.02.2024

Bu ham qiziq

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024
Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!