Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Lorenso Insinye faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
30 yoshli italiyalik futbolchi yangi homiylar qo‘l ostiga o‘tgan “Nyukasl Yunayted” qiziqishlari doirasiga tushgan. Bu haqda italyan nashrlari xabar beradi.
Inglizlar Lorensoni kelasi yil yozda oʻz safiga qoʻshib olishni reja qilgan. Uning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil yozida tugaydi. Italiya klubi futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, biroq unda belgilangan maosh Insinyeni qoniqtirmayapti.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Lorenso “Napoli” safida 14 ta oʻyinda 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!