$
12711.00 UZS
21
136.31 UZS
0.36
13538.49 UZS
12.22
22° Kechasi 10°

Inson nima uchun qariydi, tana hujayralarini yoshartirish mumkinmi?

17:23 / 31.07.2022

Abadiy yoshlik “kalitini” izlash zamonaviy texnologiyalarning harakatlantiruvchi omillaridan biridir. Nima uchun inson qariydi, tana hujayralarini yoshartirish mumkinmi?

Qarish o‘zi nima?

Qarish nima, degan savolga turli yo‘llar bilan javob berish mumkin. Eng oddiy yondashuv – qarishni biologiya orqali emas, balki matematika orqali aniqlash.

Ushbu maqolani o‘qiyotganingizda, o‘lim ehtimoli har soniyada o‘sib bormoqda. Ya’ni har bir soniya umr o‘tayotganidan dalolat beradi. 20 yoshli odamning 21 yoshga kirishi, 100 yoshli odam esa 101 yoshga qadar yetib borishi, bu qarish hisoblanadi.

Saraton, 2-toifa diabet, yurak xuruji, Alsgeymer – bu kasalliklar keksa odamlarda ko‘proq uchraydi. Biologiya fani nima uchun tez-tez kasal bo‘lish, yashash va o‘lim haqidagi savolga javob beradi. Sababi evolyusiya bizning qancha umr ko‘rishimiz bilan bog‘liq emas. Har soniyada tanamizda turli xil buzilishlar bo‘ladi.

Hayvonlar qancha yashaydi?

O‘rtacha umr ko‘rish ko‘p jihatdan hayvon tanasining kattaligiga bog‘liq: masalan, sichqonlar uch-to‘rt yil, kitlar – 200 yildan ortiq yashaydi. Kichik hayvonlar balog‘atga tezroq erishadilar: Masalan, sichqonlar tug‘ilganidan ikki oy o‘tgach, nasl qoldirishga tayyor bo‘ladi. Shuningdek, ular yirtqichning changalida bo‘lish xavfiga ega: sichqonlarning tabiatda to‘rt yil yashash ehtimoli juda kam.

Lekin istisnolar ham bor. Masalan, yalangg‘och yer kalamushi 40 yilgacha yashaydi. Boshqa turdoshlariga qaraganda ularning tabiiy dushmanlari kamroq. U o‘rtacha 37 yilgacha yashaydi.

Ushbu qazuvchi jonzot yer ostida yashaydi, u yerda yirtqichlar ularga yetib borishi qiyin va asalarilar singari alohida ijtimoiy tuzilishga ega. Ularda matriarxat davri hukmronlik qiladi, malika mulozimlar tomonidan qo‘riqlanadi.

Odamlarda o‘lim ehtimoli yoshga qarab o‘sib boradi. Yer qazuvchi kalamush esa 30 yoshgacha umuman o‘smaydi – ya’ni bu hayvonlar qarimydi. Gap shundaki, qazuvchining tanasi qarishning deyarli barcha mexanizmlari bilan kurashishga qodir.

Yagangg‘och kalamush qo‘shimcha saraton hujayralari monitoringi tizimiga ega. Agar hujayra g‘ayritabiiy tarzda o‘sishni boshlasa va qo‘shni hujayraga “to‘qnashsa”, bo‘linish to‘xtaydi. Insonda shunga o‘xshash tizim bor, lekin u biroz sekinroq ishlaydi.

Protein sintezi jarayonida DNK ba’zan noto‘g‘ri o‘qiladi va xatolar yuzaga keladi. Buzuq oqsillar qarishni tezlashtirishi mumkin, xususan, ular Alsgeymer kasalligini keltirib chiqaradi. Yalang‘och kalamushda DNKdan oqsillarni qurish jarayoni odamlarga qaraganda aniqroq. Bu nuqsonli oqsillarning paydo bo‘lish ehtimoli juda past ekanligini anglatadi.

Odamlar yoshi o‘tgani sari hujayralarda mutasiyalar to‘planadi, bu saraton rivojlanishining mexanizmlaridan biridir. Shu sababli hujayralar to‘g‘ri ishlamaydi va saratonga aylanishi mumkin. Yer kalamushida bunday mutasiyalarni tuzatish tizimi odamlarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi.

Bundan kelib chiqadiki, qarishni to‘xtatuvchi tabletka ixtiro qilish mumkin emas. Uni yengish uchun siz bir vaqtning o‘zida uning har bir mexanizmi bilan kurashishingiz kerak. Ular allaqachon olimlarga ma’lum, ularning o‘nga yaqin turi bor.

Inson qancha yashashi mumkin?

Bugungi kunda insonning o‘rtacha umr ko‘rishi 73 yoshni tashkil etadi. Hozirgi jahon rekordi 122 yilni tashkil etadi. Biroq, umr ko‘rish davomiyligi doimiy emas, u o‘zgarishi mumkin, ya’ni uni oshirish mumkin. Hozir texnologiyalar rivojlanib, olimlar bunga katta umid bog‘lashmoqda. Ulardan biri – qayta dasturlash, bu ixtiro uchun Jon Gurdon va Shinya Yamanaka 2012 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Qayta dasturlash jarayonida qarish mexanizmlari darajasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi – hujayra nafaqat funksional ravishda “orqaga aylanadi”, balki yosharishi mumkin. Afsuski, tanamizdagi barcha hujayralarni yoshartirish juda qiyin vazifadir, ammo biz oraliq yondashuvlar haqida o‘ylashimiz mumkin.

2020-yilda Garvard tibbiyot maktabi professori Devid Sinkerning ilmiy izlanishlari nashr etildi. Olimlar glaukoma bilan og‘rigan keksa sichqonlarning ko‘zlariga qayta dasturlashni rag‘batlantiruvchi genlarni kiritdi. Ammo ularda hujayralarni qandaydir oraliq holatga keldi, ya’ni ular biroz yoshardi. Natijada, sichqonlarning ko‘rish qobiliyati yaxshilandi va shu tariqa hatto optik nervlarning yangilanishi ham mo‘tadillashgan. Ushbu texnologiyadan foydalangan holda odamlarda klinik sinovlar hali o‘tkazilmagan.

Ilm-fan yordamida umrni qanday uzaytirish mumkin?

Biz moʻjizaviy texnologiyalar hayotni uzaytirishini kutar ekanmiz, faqat sog‘lom turmush tarzini olib borish muhim. Bir tadqiqot uchun olimlar 30 yil davomida 100 000 kishining sog‘lig‘ini kuzatdi. Ma’lum bo‘lishicha, turmush tarzi umr ko‘rish davomiyligini belgilaydi – va u yoki bu yo‘nalishdagi farq taxminan 15 yil bo‘lishi mumkin.

Misol uchun, agar bir kishi mutlaqo sog‘lom turmush tarzini olib boradigan bo‘lsa, ikkinchisi ko‘pincha spirtli ichimliklarni iste’mol qiladigan va o‘z vazniga e’tibor bermaydigan ashaddiy chekuvchilardir. Ular orasidagi umr ko‘rish farqi atigi 15 yil bo‘ladi. Ularning 10 yilini chekish “o‘g‘irlaydi”.

Chekish sog‘liq uchun zararli ekanligini hamma eshitgan, ammo JSST statistik ma’lumotlariga ko‘ra, chekish har yili taxminan 8 million odamni o‘ldiradi. Taqqoslash uchun: BMT ekspert komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1986-yildan 2066-yilgacha Chernobil AESdagi avariya jami 4000 kishining hayotiga zomin bo‘ladi.

Uzoq umr ko‘rish uchun tavsiyalar:

Chekishni tashlang;
Muntazam ravishda tanani jismoniy faoliyatiga e’tibor qiling;
Sog‘lom tana massasi indeksini saqlang va sog‘lom ovqatlanishga e’tibor bering.
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni cheklang.
Yetarlicha uxlang.


salomatlik


														
														Ikki tillilik Altsgeymerdan himoya qilishi mumkin

Ikki tillilik Altsgeymerdan himoya qilishi mumkin

Ikki tildan foydalanish odamlarni ma’lum darajada keksalikdan himoya qilishi uzoq vaqtdan beri ma’lum.
14:00 / 23.03.2024

														
														Saraton kasalliklarida eng foydali yegulik

Saraton kasalliklarida eng foydali yegulik

Olimlar tomonidan tadqiqot o‘tkazildi.
13:43 / 14.03.2024

														
														Stressdan tez chiqib ketsa bo‘ladimi?

Stressdan tez chiqib ketsa bo‘ladimi?

Stressdan tez chiqib ketish uchun tavsiyalar.
13:23 / 02.03.2024

														
														Yoshlikni kamida 5 yilga uzaytirishga yordam beradigan mahsulotlar

Yoshlikni kamida 5 yilga uzaytirishga yordam beradigan mahsulotlar

Shunday qilib, mutaxassislar ovqatlanish uchun ideal formulani aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
11:25 / 01.03.2024

														
														Mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak bo‘lgan taomlar ro‘yxati

Mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak bo‘lgan taomlar ro‘yxati

Tabiiy yog‘lar qizdirilganda trans yog‘larga aylanadi.
15:04 / 24.02.2024

														
														O‘ta kuchli uyquchanlik kasallik bo‘lishi mumkin

O‘ta kuchli uyquchanlik kasallik bo‘lishi mumkin

Narkolepsiya - bu uyqu buzilishlari guruhidagi surunkali kasallik.
12:11 / 22.02.2024

														
														Gadjetlar nima uchun zararli?

Gadjetlar nima uchun zararli?

Boshning har 2-3 santimetr egilishida bo‘yin ushlab turishi kerak bo‘lgan vaznga 4-5 kilogramm yuk  qo‘shiladi.
13:18 / 15.02.2024

														
														Allergiya nimadan qo‘rqadi?

Allergiya nimadan qo‘rqadi?

Tailandlik olimlarning ta’kidlashicha, allergik ta’sirlanishlar biz iste’mol qiladigan qatiqqa teskari proporsionaldir.
11:42 / 14.02.2024

														
														Sog‘likka zarar yetkazadigan xato

Sog‘likka zarar yetkazadigan xato

Yuvish vositalarida mavjud bo‘lgan moddalar tanaga zararli bo‘lishini bilarmidingiz? U qo‘l terisida qichishish va jiddiy de…
10:21 / 14.02.2024

														
														Kollagen rostdan foydalimi yoki shunchaki pulni behuda sarflashmi?

Kollagen rostdan foydalimi yoki shunchaki pulni behuda sarflashmi?

Yosh o‘tgan sari inson tanasi kamroq kollagen ishlab chiqarishni boshlaydi.
17:14 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024
AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

Amerikadagi o‘rtacha oyliklar bilan tanishing.
15:59 / 22.04.2024
Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Yonish maydoni 3000 kvadrat metrni tashkil qiladi.
14:24 / 22.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Hayvon yog‘i foydalimi yoki o‘simlik moyi?

Hayvon yog‘i foydalimi yoki o‘simlik moyi?

Omega-3 asosan dengiz balig‘i, zig‘ir urug‘i va yong‘oq tarkibida ko‘p bo‘ladi.
10:33 / 22.04.2024
“AQSh Ukrainani so‘nggi fuqarosigacha jang qilishga majbur qiladi” – Volodin

“AQSh Ukrainani so‘nggi fuqarosigacha jang qilishga majbur qiladi” – Volodin

AQShning Ukrainaga 61 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratish to‘g‘risidagi qarori “jang maydonidagi vaziya…
18:22 / 21.04.2024
VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

21-aprel kuni Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent …
14:32 / 22.04.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!