Prezident Yoshlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiridagi nutqida internet tarmogʻida oʻzbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, davlatchiligimiz tarixini matnli va video kontentlar orqali targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan 100 nafar buyuk alloma va mutafakkirlarning internetdagi maʼlumotlar bazasini yaratish, ularning asarlarini ommalashtirish choralarini koʻriladi.
Oʻz navbatida, davlatimiz rahbari Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar sonini 100 mingtaga yetkazish va xorijiy tillarda ham Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish yaxshi samara berishini taʼminladi.
Qayd etilishicha, ushbu maqsadlar uchun 10 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
“Bunday tadbirlarga, bilimli va shijoatli volontyor yoshlarni jalb qilish hamda ularning faoliyatini tizimli ravishda ragʻbatlantirib borish lozim”, ؘ– dedi Shavkat MIrziyoyev.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!