Iroq shimolidagi Kirkuk shahri yaqinida terror guruhi tomonidan qurolli hujum uyushtirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Islomiy davlat” guruhi mazkur portlashni o‘z zimmasiga olgan va uyushtirilgan portlash oqibatida to‘qqiz nafar politsiyachi halok bo‘lgan.
Aniqlanishicha, IShID Bag‘dod yaqinida uch iroqlik askarning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l chetiga o‘rnatilgan bomba o‘rnatilishi ortida turganini allaqachon aytgan edi.
Rasmiylarining ta’kidlashicha, yakshanba kuni uyushtirilgan hujum Chalal al-Matar qishlog‘i yaqinida politsiyachilarni olib ketayotgan yuk mashinasi nishonga olinganda portlash boshlangan.
Portlashdan keyin esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q otish qurollari bilan hujum sodir bo‘lgan.
“Bir bosqinchi o‘ldirildi, qolganlarini qidirmoqdamiz, ikki politsiyachi ham yaralandi”, - deya qo‘shimcha qildi rasmiy.
Bag‘doddagi Ichki ishlar vazirligi mazkur hujumni tasdiqladi.
Bir paytlar IShID Iroq sharqidan Suriya g‘arbigacha cho‘zilgan 88 ming kvadrat kilometr hududni egallab olgan va qariyb sakkiz million aholiga o‘z boshqaruvini o‘rnatgan edi.
Guruh 2019-yilda ushbu hududdan haydalgan, ammo BMT iyul oyida bu doimiy tahdid bo‘lib qolayotgani haqida ogohlantirgan edi.
Suriya va Iroqda 6000 dan 10 000 gacha bosqinchilar borligi taxmin qilinmoqda, ular asosan qishloqlarda joylashgan va hujumlar, pistirmani amalga oshirishda davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!