30 yoshli rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi, UFCʼda yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan Islom Maxachev qozoq xalqini qoʻllab-quvvatladi. Sportchi oʻzining Instagram sahifasiga “stories” joyladi.
Unda “Birodar Qozogʻiston xalqi. Qodir Xudo sizni hamma yomonlikdan saqlasin”, yozuvi aks etgan.
Qayd etish joiz, Qozogʻistondagi norozilik namoyishlari 2-yanvar kuni Janaoʻzen shahrida (Mangʻistau viloyatidagi shahar, mamlakat gʻarbida) suyultirilgan gaz narxining keskin oshishiga qarshi mitinglar bilan boshlangan edi.
Soʻngra, bu miting iqtisodiy va siyosiy talablar bilan butun mamlakat boʻylab ommaviy norozilik namoyishlariga aylanib ketdi.
Maxachev oxirgi marta Den Xuker bilan jang qilib, uni birinchi raundda ogʻriqli ushlab turish orqali magʻlub etgan. Rossiyalik jangchi uchun bu gʻalaba MMAdagi 22 ta professional jangdan 21-gʻalaba boʻldi.
Eslatib oʻtish mumkin, avvalroq Qozogʻistonlik UFC jangchilarining mamlakatdagi boʻlib oʻtayotgan mitinglarni qoʻllab-quvvatlagani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!