$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

Jahon chempionati ishtirokchisi Daniya haqida nimalarni bilasiz?

17:28 / 31.10.2022

Qatardagi mundial saralash bosqichida fantastik natija qayd etgan terma jamoa bilan tanishamiz.

So‘nggi yillarda dunyo fuboli muxlislarini e’tiborini qozonayotgan Daniya terma jamoasi bilan yaqindan tanishamiz.

Yevropa Millatlar Ligasi hamda Yevro-2020 musobaqalarida ajoyib natijlara qayd etib muxlislar e’tiborini qozona boshlagan Daniya terma jamoasi bu yil bo‘lib o‘tadigan Qatardagi mundialda ham ishtirok etadi. Quyida ushbu yurt vakillariga tegishli bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni keltiramiz.

Daniya terma jamoasining eng yaxshi natijalari bu:
Yevro-1992 da g‘oliblik hamda 1995-yilda Konfederatsiyalar kubogi sohibi. O‘shanda Daniyani Richard Myuller Niyelsen boshqargan va hozirgi kunga qadar eng yaxshi natija qayd etgan murabbiy deya eslanadi. Shuningdek jamoa Sepp Piontek qo‘l ostida Yevro-1984 da uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va 1986-yilgi Jahon Chempionatida terma jamoa ilk bor nimchorak finalga qadar yetib borgan. Daniya terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi natijasi bu 1998-yilgi Fransiya mundialida chorak finalgacha yetib borgan. O‘shanda Daniya shveytsiyalik Byo Yohanson qo‘l ostida edi. 2018-yilgi Rossiya mezbonligidagi Jahon chempionatida esa Age Hareyde boshchiligidagi Daniya nimchorak finalgacha yetib borib musobaqa bilan xayrlashgan.
2020-yil avgustida Daniyani Kasper Hyulmand qabul qilib oldi va Yevro-2020 turnirida yarim finalga chiqqan, hamda bu yilgi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga birinchilardan bo‘lib yo‘llanma olgan.
Daniya terma jamoasi umumiy 9 marta Yevropa hamda 6 marta Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Terma jamoa to‘purari hamda tarkibda eng ko‘p o‘yinda ishtirok etgan futbolchilar

Daniya terma jamoasida eng ko‘p o‘yinda ishtirok etgan futbolchi Daniya futbolidagi afsonaviy darvozabon Petr Shmeyxel- 129 marta. Piter terma jamoa sharafini 1987-yildan 2001-yilga qadar himoya qilgan hamda bir bora raqib darvozasini ham ishg‘ol qilishga ulgurgan.

Undan keying o‘rinlarni qyudagi futbolchilar egallagan:
1. Piter Shmeyxel 129 ta o‘yin 1 ta gol 1987-yildan 2001-yilgacha
2. Dennis Rommedal 126 ta o‘yin 21 ta gol 2000-yildan 2013-yilgacha
3. Simon Kyayer 121 ta o‘yin 5 ta gol 2009-yildan hozirgacha
4. Kristian Eriksen 117 ta o‘yin 39 ta gol 2010-yildan hozirgacha
5. Jon Dal-Tomasson 117 ta o‘yin 53 ta gol 1997-yildan 2010-yilgacha
6. Tomas Helveg 108 ta o‘yin 2 ta gol 1994-yildan 2007-yilgacha
7. Mikael Laudrup 104 ta o‘yin 37 ta gol 1982 yildan 1998-yilgacha
8. Murten Olsen 102 ta o‘yin 4 ta gol 1970-yildan 1989-yilgacha
9. Martin Yorgensen 102 ta o‘yin 12 ta gol 1998-yildan 2011-yilgacha
10. Tomas Sorensen 101 ta o‘yin 0 gol 1999-yilda 2012-yilgacha.

Daniya terma jamoasidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxati:
1. Pol Tist Nielsen 52 ta gol 38 ta o‘yinda 1910-yildan 1925-yilgacha
2. Jon Dal-Tomasson 52 ta gol 112 ta o‘yinda 1997-yildan 2010-yilgacha
3. Pauli Yorgensen 44 ta gol 47 ta o‘yinda 1925-yildan 1939-yilgacha
4. Ole Madsen 42 ta gol 50 ta o‘yinda 1958-yildan 1969-yilgacha
5. Kristian Eriksen 39 ta gol 117 ta o‘yinda 2010-yildan hozirgacha
6. Preben Elkyayer 38 ta gol 69 ta o‘yinda 1977-yildan 1988-yilgacha
7. Mikael Laudrup 37 ta gol 104 ta o‘yinda 1982 yildan 1998-yilgacha
8. Niklas Bendtner 30 ta gol 81 ta o‘yinda 2006-yildan 2018-yilgacha
9. Brayan Laudrup 22 ta gol 86 ta o‘yinda 1987-yildan 1998-yilgacha
10. Ebbe Send 22 ta gol 66 ta o‘yinda 1998-yildan 2004-yilgacha.

Daniya terma jamoasining Jahon chempionatlarida ilk o‘yini 1986-yilgi Meksikadagi mundialda Shotlandiyaga qarshi bo‘lib 1-0 hisbogida g‘alaba qozongan. Eng yirik g‘alabasi Urugvay termasini 6-1 hisobida mag‘lubb etgan. Eng yirik mag‘lubiyati esa xuddi o‘sha Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi bahsda 1-5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi 1988-yilgi mundialda chorak final
Eng yomon natijasi esa 2010-yilgi JAR dagi mundialda guruh bosqichidan o‘tolmagan.

Yervopa chempionatlaridagi natijalari: 1964-yil 3-o‘rin, 1984-yil yarim final, 1992-yil chempionlik, 2020-yil yarim final.

Daniya terma jamoasi Qatar-2022 saralash bosqchida fantastic natija qayd etib yo‘llanmaga ega chiqqan. 10 ta o‘yin, 9 ta g‘alaba, 0 mag‘lubiyat va 1 durang. To‘plar nisbati esa undanda dahshat 30 ta gol urib 3 dona o‘tkazib yuborgan.

Xo‘sh Daniya terma jamoasi bu yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga qanday tarkib bilan boradi?

Darvozabonlar: Kasper Shmeyxel, Oliver Kristensen, Frederik Rannou.
Himoyachilar: Yoaxim Andersen, Viktor Nelson, Simon Kyayer, Yoaxim Male, Andres Kristensen, Rasmus Kristensen, Yens Larsen, Aleksandr Bah.
Yarim himoyachilar: Matias Yensen, Tomas Deleyni, Kristian Eriksen, Filip Biling, Daniel Vas, Pyer Emil Hyoyberg.
Hujumchilar: Martin Breytveyt, Andres Skov Olsen, Kasper Dolberg, Mikkel Damsgard, Yesper Lindstyrum, Rasmus Hoylund.

Daniya terma jamoasi Qatar-2022 mundiali guruh bosqichida Fransiya, Avstraliya hamda Tunis terma jamoalari bilan bir qatorda joylashgan.



														
														Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Yuz.uz xabar berdi.
13:20 / 11.04.2024

														
														Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.
12:06 / 01.04.2024

														
														Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
09:32 / 11.03.2024

														
														WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra, yangilangan reytingni e’lon qildi.
17:09 / 04.03.2024

														
														Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Jahon kubogining ikkinchi bosqichida navbatdagi saralash bahslari o‘tkaziladi.
16:13 / 23.02.2024

														
														Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro…
12:52 / 23.02.2024

														
														8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

Musobaqaning yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar bokschisi 12 ta vaznda ringga ko‘tarildi.
13:09 / 11.02.2024

														
														Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Doʻstmatov hozirda Bolgariyada tashkil etilayotgan “Strandja-2024” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
18:12 / 09.02.2024

														
														Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:50 / 09.02.2024

														
														Shu yili Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari namoyish etildi

Shu yili Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari namoyish etildi

2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari taqdim etildi.
16:47 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Muzqaymoq sotish taqiqlanmoqda

Muzqaymoq sotish taqiqlanmoqda

Bu tartib kuzgacha kuchda bo‘ladi.
15:11 / 22.04.2024
AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

Amerikadagi o‘rtacha oyliklar bilan tanishing.
15:59 / 22.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024
23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-aprel, seshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:22 / 22.04.2024
Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024
Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024
Aliyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga bordi

Aliyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga bordi

Bu haqda Ozarbayjon rahbari matbuot xizmatiga tayanib, “TACC” xabar berdi.
15:26 / 22.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!