Hindistonning Maharashatra shtati Puna shahrida milliy kurash bo‘yicha 13-jahon chempionati boshlandi.
Dunyoning 70 ga yaqin davlati polvonlari ishtirok etayotgan musobaqaning birinchi kuni erkaklar -60, -66, -73 kg, ayollar esa -78, -87 va +87 kg vazn toifalarida jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqishdi. Kurashchilarimiz 6 ta vaznning barchasida o‘z mahoratlarini namoyishdi va ularning hammasi yakunda shohsupaga ko‘tarilishdi.
Punada O‘zbekiston sharafiga ikki bor davlatimiz madhiyasi yangradi. Abdulaziz Hamroyev (-60 kg) va Artyom Shturbabin (-66 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘lishdi. -73 kg vazndagi kurashchimiz Gʻolib Sulaymonov bronza medaliga ega chiqdi.
Ayollar o‘rtasidagi -78 kg vazndagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Filura Ergasheva finalda koreyalik Sunah Liga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. -87 kg vaznda kurashgan Yulduz Muhammadiyeva finalda eronlik Zahra Bageriga yutqazib qo‘ydi. +87 kg vazndagi vakilamiz Sitora Husanova esa Punadan bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining birinchi kungi bellashuvlaridan so‘ng 2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega bo‘lib turibdi. Asosiy raqibimiz Eron ilk kungi bahslarda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Birinchi kunning barcha g‘olib va sovrindorlari
Erkaklar
-60 kg vazn toifasi
1. Abdulaziz Hamroyev (O‘zbekiston)
2. Mohit (Hindiston)
3. Muhammad Al-Fatlavi (Iroq)
-66 kg vazn toifasi
1. Artyom Shturbabin (O‘zbekiston)
2. Gassem Nourizadeh (Eron)
3. Gumar Kirgizbayev (Qozog‘iston)
3. Sung Park (Janubiy Koreya)
-73 kg vazn toifasi
1. Elis Pakdel (Eron)
2. Ja Deog Kvon (Janubiy Koreya)
3. Navro‘z Karimzod (Tojikiston)
3. Gʻolib Sulaymonov (O‘zbekiston)
Ayollar
-78 kg vazn toifasi
1. Li Sunah (Janubiy Koreya)
2. Filura Ergasheva (O‘zbekiston)
3. Saba Karamali (Eron)
3. Aziza Qurbonova (Turkmaniston)
-87 kg vazn toifasi
1. Zahra Bageri (Eron)
2. Yulduz Muhammadiyeva (O‘zbekiston)
3. Jyoti (Hindiston)
+87 kg vazn toifasi
1. Fotima Barmaki (Eron)
2. Snesha Tadyal (Hindiston)
3. Annu (Hindiston)
4. Sitora Husanova (O‘zbekiston).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!