Quvaytning “Al-Jazeera” aviakompaniyasi Namanganga aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi.
Bugun, 1-oktyabr kuni soat 06:32 da kompaniya samolyoti Namanganga qo‘ndi. O‘zbekistonga El-Quvayt — Namangan — El-Quvayt, yangi parvoz yo‘nalishini ochgan Airbus A321 borti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Parvozlar haftasiga 3 marta – seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2021-yildan buyon “Jazeera Airways” Quvayt-Toshkent-Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 2 martadan parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!