Jahon chempionati saralashi doirasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Belgiya terma jamoasi Estoniyaga qarshi bahs olib bordi hamda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Qizillar”ga g‘alaba keltiruvchi gollarga Kristian Benteke, Yannik Karrasko hamda Torgan Azarlar mualliflik qildi. Bu orqali Belgiya muddatidan oldin mundial yo‘llanmasini hal qildi.
Fransiya terma jamoasi o‘z uyida Qozog‘istonni qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi. Fransuzlar safida Kilian Mbappe poker qayd etgan bo‘lsa, Karim Benzema dublga erishdi. Adriyen Rabyo va Antuan Grizmann bittadan gol muallifiga aylanishdi.
Qayd etish kerak, ushbu g‘alaba orqali fransuzlar ham JCh—2022 yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilishdi.
Niderlandiya terma jamoasi esa Chernogoriya maydonida mehmon bo‘ldi. Avvaliga “uchar gollandlar” Memfis Depayning dubli evaziga oldinga o‘tib oldi. Biroq maydon egalari so‘nggi daqiqalarda ikkita gol urib, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa Niderlandiya Jahon Chempionati masalasini so‘nggi turga qoldirdi.
Shuningdek, kecha quyidagi uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi:
Turkiya – Gibraltar 6:0
Gollar: 1:0 – 11 Akturko‘g‘lu, 2:0 – 38 Dervisho‘g‘lu, 3:0 – 41 Dervisho‘g‘lu, 4:0 – 65 Demiral, 5:0 – 81 Dursun, 6:0 – 84 Myuldyur.
Norvegiya – Latviya 0:0
Uels – Belarus 5:1
Gollar: 1:0 – 2 Remzi, 2:0 – 20 Uilyams, 3:0 – 50, penalti Remzi, 4:0 – 77 Devis, 4:1 – 87 Konsevoy, 5:1 – 89 Roberts.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!