Ijtimoiy tarmoqlarida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi banklardan birining boshqaruvchisi o‘z xodimini otganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 16 sentyabr kuni soat 22:30 da Zomin tumani Taraqqiyot MFYda yashovchi AT Xalq banki Zomin filiali boshqaruvchisi N.M. uyi oldida shu bankda bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi mast bo‘lgan N.J. bilan o‘zaro tortishib janjallashgan. Oqibatda bank boshqaruvchisi N.M. tan jarohati yetkazish maqsadida sport (tir) qurolidan bir marotaba otib N.J ga tan jarohati yetkazgan.
N.J. ko‘krak qafasining chap yon qismi yuza jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!