$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 26°

Joriy yil mart oyidan boshlab 5G internet joriy etiladi

16:36 / 10.03.2023

Joriy yil mart oyidan boshlab mobil Internet tezligi oshiriladi va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbektelekom” AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi:

Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida “O‘zbektelekom” AK tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2023-yilning mart oyidan boshlab mobil Internet tezligini oshirish va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida mavjud tayanch stansiyalari modernizatsiya qilinib, yangilari o‘rnatiladi.

Jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 3 000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyalarini eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilash, shuningdek, 2 000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini qurish va ishga tushirish maqsad qilingan. Bu O‘zbekiston bo‘ylab mobil aloqa sifatini yaxshilash, LTE standartidagi mobil internet tezligi hamda uning qamrovini oshirish imkonini beradi.

Loyihaning muhim bosqichi qator tayanch stansiyalarini 5G standartiga yangilash jarayoni hisoblanadi. Natijada mobil aloqa abonentlari beshinchi avlod tezligida mobil internetdan bemalol foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda birinchi marta flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G texnologiyasidagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. UZTELECOM O‘zbekistonda mazkur qurilmalar foydalanuvchilariga beshinchi avlod aloqa imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi birinchi operator bo‘ladi.

Ayni damda 5G tarmog‘i negizida muvaffaqiyatli boshlangan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasini qayd etishimiz mumkin. U 2021-yil sentyabr oyida joriy etilgan bo‘lib, mazkur loyiha 5G biznes va jamiyat uchun naqadar foydali ekanligini, tarmoqlar va aqlli texnologiyalarning o‘zaro ishlashini ta’minlashini ko‘rsatdi. Shuningdek, turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahrida 5G tarmog‘i ishga tushirilgan.

Loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli qamrab olish, shuningdek, respublikamiz viloyat markazlari qisman qamrab olinishi ta’minlanadi. Ishlar yakuniga etgach, respublika bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etishning keyingi bosqichlari tahlil qilinadi.

Aytish joizki, mavjud tayanch stansiyalarini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq ishlar ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga qisqa muddatli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Kompaniya tomonidan rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida texnik ishlar olib boriladigan manzillar haqida muntazam ravishda ma’lumot taqdim qilib boriladi.

GSM standartidagi mobil aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yilganidan buyon shu kungacha UZTELECOM o‘z abonentlariga yuqori sifatli mobil aloqa va LTE texnologiyasida mobil internet xizmatlarini taklif etib, ularni mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun qulay qilish uchun harakat qilib kelmoqda. Shu bois, Kompaniya o‘zining texnik infratuzilmasini yaxshilash, butun respublika bo‘ylab tarmog‘ini rivojlantirish ustida doimiy ish olib bormoqda.


Bu ham qiziq

Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

London shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
09:05 / 20.07.2025
“The Washington Post”: “Tramp va Zelenskiy iyul oyi boshida telefon orqali maxfiy muloqot qilgan”

“The Washington Post”: “Tramp va Zelenskiy iyul oyi boshida telefon orqali maxfiy muloqot qilgan”

Ammo nozik masalalar sababli bu suhbat ommadan sir tutilgan
21:11 / 18.07.2025
Toshkent shahar IIBBning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Toshkent shahar IIBBning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Tadbir shaxsan ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayub Rahmatullayev boshchiligida o‘tkazildi
18:54 / 18.07.2025
Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Yopilish marosimi AQSh Kolizeyi nomini olgan arenada o‘tkaziladi
19:53 / 18.07.2025
Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Ta’kidlanishicha, gidroenergetika loyihasini amalga oshirish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanmoqda, u qurili…
10:06 / 20.07.2025
Ukraina Rossiyaning bir qancha hududlariga dron hujumlarini uyushtirdi

Ukraina Rossiyaning bir qancha hududlariga dron hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Ukraina dronlari Rossiyaning bir qancha shaharlariga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida Sheremetyevo va Domodedo…
12:54 / 19.07.2025
Chorvachilikda yangi bosqich: O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik qiladi

Chorvachilikda yangi bosqich: O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik qiladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi.
14:33 / 18.07.2025
Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara blok-postida sodir bo‘lgan
18:32 / 18.07.2025
O'zbekistonda ta‘lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,9 foizga oshdi

O'zbekistonda ta‘lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,9 foizga oshdi

Bu yo‘nalishda oliy ta‘lim sohasi yaqqol ustunlik qilmoqda
18:25 / 19.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!