Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, oxirgi bir yil ichida dunyoda xolera vabosiga chalinish holatlari keskin ko‘paygan.
Birgina joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida 27 mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi kuzatilib, ko‘plab bemorlar hayotdan ko‘z yumgan.
Keltirilishicha, Suriyada so‘nggi olti haftada 10 ming nafardan ortiq kishi mazkur xavfli infeksiyaga gumon qilingan.
Pokistonda esa 1500 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli suv toshqinlaridan ko‘p o‘tmay xolera vabosi avj oldi.
Agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, yaqin haftalarda yana ko‘plab odamlar xastalik qurboniga aylanishi mumkin.
“Xolera oqibatida bemorlar hatto bir necha soat ichida jon taslim qilishlari mumkin, — deydi JSST rahbari. — Shunga qaramay, zamonaviy tibbiyot maxsus muolajalar orqali xastalikni davolash imkoniyatiga ega. Kasallikka qarshi vaksinalar esa vabo profilaktikasida eng samarali chora hisoblanadi” – deb ta’kidladi JSST rahbari.
Ma’lumot uchun, xolera vabosi ingichka ichakning zararlanishi, intoksikasiya, umumiy ahvol og‘irlashuvi va organizm suvsizlanishi bilan kechadigan o‘ta xavfli o‘tkir infeksion kasallik hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!