Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba rektorga salom bermaganlikda ayblanib kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.
Universitet maʼmuriyati ushbu xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda qayd etilishicha, universitet tashkil etilganidan buyon bu kabi holatlar OʻzJOKUda kuzatilmagan va universitet jamoasi, ayniqsa, rektori tomonidan talabalarga nisbatan har qanday salbiy munosabat doim qoralanadi.
“Biz universitet jamoasi bilan yuqoridagi kabi vaziyatlarga qarshi ekanimizni bildirib, holat boʻyicha yaqin soatlarda aniq maʼlumotlar berilishini maʼlum qilamiz”, – deyiladi oliygoh maʼmuriyati bergan bayonotda.
Bundan tashqari, universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ijtimoiy tarmoqda ovozli xabar orqali bo‘lib o‘tgan vaziyat bo‘yicha tushuntirish bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!