Amerikalik tajribali ssenarviynavis Jey Uolpert 80 yoshida vafot etdi. U umrining oxirgi yillarida Alsgeymer kasalligidan aziyat chekkan va ushbu xastalik asoratlari oqibatida hayotdan koʻz yumgan.
Jey Uolpert – “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasining birinchi filmi – “Qora marvarid laʼnati” ssenariysi muallifi edi. Film qahramonlarini oʻylab topgan, ularni haqqoniy obrazda gavdalantirgan shaxs ham aynan Uolpert boʻlgan. Bundan tashqari, Uolpert “Graf Monte-Kristo” filmi uchun yozgan ssenariysi orqali ham mashhurlikka erishgan.
“Men sizga qanday ishlashimni aytib beraman. Agar kema toʻfonga olib chiqilsa, ekshn-film paydo boʻladi. Agar ana shu kemaga siz befarq boʻlmagan biror bir odam chiqarilsa, sarguzasht tayyor deyavering. Men sarguzashtlar yozaman”, degan edi ijodkor oʻz intervyularining birida.
Maʼlum boʻlishicha, qaroqchilar haqidagi film gʻoyasi prodyuser koʻngilochar bogʻga borib, aynan mana shu nom bilan atalgan argʻimchoqda uchayotgan vaqtida paydo boʻlgan. Ijodkor hayotining soʻnggi kunlarini AQShning Los-Anjeles shahrida, yaqinlari davrasida oʻtkazgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!