Kecha yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlar soni yana 155 nafardan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2022-yil 2-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 156 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 7 nafari Buxoro, 6 nafari Jizzax, 3 nafari Qashqadaryo, 2 nafari Navoiy, 10 nafari Namangan, 14 nafari Samarqand, 4 nafari Surxondaryo, 5 nafari Farg‘ona, 4 nafari Xorazm, 15 nafari esa Toshkent viloyatida, shuningdek, 82 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib o‘tish mumkin, 1-dekabr kuni 154 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!