“Real Madrid” Ispaniya Superkubogi yarim finalida, qoʻshimcha vaqtlarda “Barselona”ni 3:2 hisobida magʻlub etdi.
Bu gʻalaba orqali Madrid klubi oʻz tarixida ikkinchi marta kataloniyaliklarni ketma-ket besh marta magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.
Bunday holat birinchi marta 1962-1965-yillar oraligʻida sodir boʻlgan, oʻshanda “Real”ning “Barselona”ga qarshi oʻyindagi gʻalabali seriyasi 7 oʻyinni tashkil qilgan.
Qayd etish mumkin, “koʻk-anorranglilar” soʻnggi bor 2019-yil 2-mart kuni oʻtkazilgan “klasiko”da gʻalaba qozongan edi.
Maʼlumot oʻrnida, 2022-yil 20-mart kuni klublar La Liganing ikkinchi davrasida toʻqnash kelishadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!