$
12711.00 UZS
21
136.31 UZS
0.36
13538.49 UZS
12.22
22° Kechasi 10°

Keksalikdan qoʻrqasizmi? Sababini aniqlaymiz!

12:11 / 31.10.2022

Antik davr faylasuflari aytganidek: “Kim yashashdan qoʻrqmagan boʻlsa, oʻsha oʻlimdan ham qoʻrqmaydi”. Ularning taʼkidlashlaricha, inson hayotini qancha yaxshi yashagan boʻlsa, u shuncha yaxshi keksayar ekan. Eng keng tarqalgan qoʻrquvni bilasizmi? Eng koʻp tarqalgan qoʻrquvlardan biri bu, qarilikdan qoʻrqishdir. Qanday qilib bu qoʻrquvni yengish mumkin?

Hayot tugadimi?

Nima uchun biz keksalikdan qoʻrqamiz? Bu savolga har kimda turlicha javob topiladi. Kimdir kasalliklardan choʻchishini, yana kimdir kambagʻallik yoki yolgʻizlikdan qoʻrqishini aytadi. Ayrimlar yoshlikdagi goʻzalligining yoʻqolishiga chiday olmaydi.
Ammo aslida mazkur qoʻrquvning oʻzga, chuqurroq sababchisi bor bu – barchasining nihoyasiga yetishi, yaʼni oʻlimdan qoʻrqishdir. Koʻpchilik insonlar oʻlimdan qoʻrqishini tan olavermaydi, hatto oʻz oldida ham. Aslida oʻlimdan qoʻrqish hissining ortida insonning biror bir muhim narsani bajarishga ulgura olmagani, hayot esa oʻz nihoyasiga yetib borayotganligi haqidagi oʻylar yashiringan boʻladi. Gap imkoniyatlarning zoye ketganidagina emas, balki umr insonning oʻzi uchun yashalmagani haqidadir. Masalan, umr farzandlar yoki ish uchun sarflangan-u ammo insonning oʻzi istaganidek boʻlmagan.

Buni tan olish ogʻirligi sabab koʻpchilik qoʻrquvning asl sababini “niqob” ostiga olishadi va unga turli bahonalar topishga urinishadi. Biroq bundaylarning har biri ongostida qoʻrquvning asl sababi sarflangan hayot ekanligini his etishadi. Bunga javoban esa insonning oʻz oldida aybdorlik hissi paydo boʻladi. Maʼlumki, har bir ayb jazo talab etadi. Shu sababli keksalikda inson oʻziga xush kelgan narsalarni oʻzidan itarishi orqali oʻzi choʻchigan, achinarli keksalikni tasavvur qila boshlaydi, oʻzini taftish qiladi, erta ajinlarni qidira boshlaydi yoki oʻzini yomon his qilayotgandek tuyulaveradi.

Nima qilish kerak?

• Siz aynan nimadan qoʻrqayotganligingizni aniqlashingiz va qolgan umringizni oʻzingiz istaganday yashashga harakat qilishingiz juda muhim. Biroq hayotni boshidan boshlashning keragi yoʻq. Ertaga siz yangi inson boʻlib qoladigan yangi kun kelishini kutib oʻtirmang. Hozirdanoq yaxshi yashashga harakat qilish lozim.

• Aslida haqiqatdan ham nimani istashingizni anglashga harakat qilish kerak. Oldingizga real maqsadlar qoʻya oling. Siz koinotga ucha olmaysiz, ammo yaqinroq joydagi bogʻda sayr qila olasiz. Oʻzingizni goʻyo oxirgi kun yashayotgandek his qilish va uni atrofdagilar oldidagi majburiyatlarni unutgan holda, oʻzingiz istaganingizdek oʻtkazishga harakat qilish eng toʻgʻri yoʻldir. Keyingi kunlarda esa hech boʻlmasa bitta istagingizni amalga oshirishga urinib koʻring, hatto bu juda arzimasdek boʻlsa ham.

• Haqiqatdan ham, keksayish jarayoniga boʻlgan munosabatni birdan oʻzgartirib boʻlmaydi. Buni asta-sekin, qadamba-qadam oʻz ustingizda ishlash orqali amalga oshirgan maʼqul. Aks holda, qarilik haqidagi oʻy-xayollar bilan toʻlgan jarlikka qulab tushishingiz mumkin.

Yillaringiz kulfatingiz emas

Bu holatda inson oʻzidagi obyektiv oʻzgarishlarni tan olgisi kelmaydi va keksayish jarayonini sezmaslikka harakat qiladi. U yoshligidek vaqtini sportzalda oʻtkazadi, hatto salomatligi bunday jismoniy harakatlarni avvalgidek koʻtara olmasa ham.

Koʻp mablagʻini yoshartiruvchi kosmetik amaliyotlarga sarflaydi. Bu kabi harakatlar insonning oʻzini qabul qila olmayotganligidan darak beradi. Bularning bari eng keng tarqalgan ishonchlardan biri, yaʼni yoshlik insonning eng muhim qadr-qimmatlaridan biri, degan fikrga ishonishning oqibatidir. Aslida har bir yosh oʻz afzalliklariga ega, siz qancha katta boʻlsangiz, shuncha tajribangiz ortadi, bilimlar toʻplanadi. Bu esa siz foydalana olishingiz mumkin boʻlgan yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va siz yoshlikda yashaganingizdan koʻra ancha yaxshiroq yashashingiz mumkin. Toʻgʻri, yoshligingizda oʻzingizga yoqqandirsiz, ammo endi barchasini boricha qabul qilish vaqti keldi.

Nima qilish kerak?

• Hayot bir nuqtada turmasligini tan olishingizga toʻgʻri keladi. Axir siz maktab davri juda zoʻr oʻtganligi sabab yana qayta maktabga bora olmaysiz-ku! Aksincha, eng maroqli vaqtlarni eslab turish va atrofdagilar bilan xotiralarni baham koʻrish mumkin. Esdalik daftar tuting, ammo oʻtib ketgan qaysidir yoshda mixlanib qolishga urinmagan maʼqul.

• Shundan keyin oʻzingizga savol bering, siz uchun nima muhimroq? Oʻzingizni cheklashmi yoki hayotingizni ehtiyojlaringiz va imkoniyatlaringizga mos keluvchi qiziqarli narsalar bilan toʻldirishmi? Bular oʻtkazib yuborilgan imkoniyatlaringizni qaytarmaydi, ammo boshqacha yashashingizga yordam bera oladi.

Oʻlimdan oldin oʻlish!
Bunday holatda inson oʻziga, muayyan bir yoshda toʻsiq qoʻya boshlaydi. U barcha lazzatlardan voz kechadi, oʻzidagi kasalliklarini sanab, oʻzini parvarishlashdan toʻxtaydi. Boʻldi qaridim, endi menga yarashmaydi deb, oʻzini bir chekkaga tortadi.

Bunday xatti-harakatlar sababchisi, oʻlimdan shu darajada qoʻrqishki, unga hayotligidanoq tayyorgarlik koʻrishdir. Ammo bundan sizga yengil boʻlmaydi, balki oʻz qiynoqlaringizni kuchaytirganingiz qoladi. Qolaversa, bunday “maqsad”dan foyda juda kam, aksincha bu chorasiz qariyaga ham ruhiy, ham moliyaviy yordam berishga majbur boʻlgan atrofdagilarning sizni boshqara olish imkoniyatini kamaytiradi. Axir, hamma narsadan voz kechgan, “uzlatga” chekingan, zerikarli chol bilan kim ham maroq bilan suhbatlashgisi kelardi?

Nima qilish kerak?

• Eng avvalo, siz nimalardan voz kechayotganingiz va buning evaziga nima olayotganligingiz haqida oʻylab koʻrish lozim. Hayot quvonchlarini qaytarib olishga harakat qiling. Buni atrofdagilar qilib berishini emas, oʻzingiz bajarishingiz kerakligini unutmang.

• Bu mushkul holatdan, afsuski, mutaxassis yordamisiz chiqib boʻlmaydi. Oʻz-oʻziga toʻsiq qoʻygan inson atrofdagilar yordamiga koʻproq muhtoj boʻladi.

Men sizlarga yuk boʻlmayman!

Ayrimlar keksayish jarayoniga ortiqcha “masʼuliyat” bilan munosabat bildiradi. Ular kundalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi mablagʻlarini oʻz dafn marosimiga gʻamlab qoʻyishadi. Bunday xatti-harakatlar bu kabi insonlarning atrofdagilar uchun ortiqcha yuk boʻlishdan choʻchishidan darak beradi.

Nima qilish kerak?

• Oʻzingizga savol bering, oʻlimdan keyingi holatingiz siz uchun shunchalik muhimmi? Nahotki bu hozir yashayotganingizdan ham muhimroq boʻlsa? Agar muhim emas deb topsangiz, barcha sarf-xarajatlaringizni hayotingiz uchun sarflashdan voz kechmang.

• Atrofdagilarga nima istashingiz haqida xabar berib turing. Yiqqan-terganlaringizni sanatoriyga, dam olishga yoki qoʻshni davlat sayohatiga sarflashingiz ham mumkin. Bu sizni parvarishlayotgan, sizga qarayotgan insonlarni siz oʻylagan ortiqcha yukdan vaqtincha ozod etish boʻladi (agar shunday deb tasavvur qilayotgan boʻlsangiz, albatta.


Foydali


														
														Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Tadqiqotchilar ushbu usul 120-yilgacha umr ko‘rishni ta’minlovchi muhim omilga aylanishi mumkin, deyishmoqda.
10:26 / 03.04.2024

														
														Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Buning uchun kunlik menyuda teriga foydali bo‘lgan oziq-ovqat va vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
13:35 / 27.03.2024

														
														Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
15:40 / 25.03.2024

														
														JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti.
14:44 / 25.03.2024

														
														Uzoq umr ko‘rish shartlari

Uzoq umr ko‘rish shartlari

Ekspert fikricha, uzoq va sog‘lom hayotga yetaklovchi yana bir muhim omil to‘g‘ri ovqatlanish.
10:01 / 20.03.2024

														
														Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Terini yoshartiruvchi tavsiyalar
11:20 / 19.03.2024

														
														Qon tomirlarining ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor kashf etildi

Qon tomirlarining ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor kashf etildi

Tadqiqot muallifi Ley Sining ta’kidlashicha, bu tibbiyotda amaliy foydalanish uchun mos bo‘lgan dunyodagi birinchi fotoakust…
15:55 / 18.03.2024

														
														Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin

Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin

Bayram tuhfasi sifatida filmlarning kinoteatrlardagi namoyishi 18-24-mart kunlari o‘tkaziladi.
16:24 / 17.03.2024

														
														BYD yangi “urush” boshlamoqda

BYD yangi “urush” boshlamoqda

BYD 2 ming km masofani bosib o‘tish imkonini beruvchi gibrid avtomobillarini ishlab chiqmoqchi.
14:04 / 15.03.2024

														
														Qozog‘istonda surrogat onalikdan kimlar foydalana oladi va qancha turadi?

Qozog‘istonda surrogat onalikdan kimlar foydalana oladi va qancha turadi?

Surrogat onani topishning ikkinchi varianti - reproduktiv tibbiyot klinikalari.
15:13 / 03.03.2024

Bu ham qiziq

Iroq AQShning Suriyadagi harbiy bazasiga beshta raketa uchirdi

Iroq AQShning Suriyadagi harbiy bazasiga beshta raketa uchirdi

21-aprel, yakshanba kuni Iroqning Zummar shahridan Suriyaning shimoli-sharqidagi AQSh harbiy bazasiga kamida beshta raketa u…
09:30 / 22.04.2024
Rossiyaning Ukraina urushida yo‘qotgan askarlari soni ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Ukraina urushida yo‘qotgan askarlari soni ma’lum bo‘ldi

Bu haqda “The Kyiv Independent” nashri maʼlum qildi.
11:47 / 22.04.2024
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024
TikTok AQShda butunlay taqiqlandi

TikTok AQShda butunlay taqiqlandi

Rossiyada bloklanishi taklif qilinyapti.
10:49 / 22.04.2024
“AQSh Ukrainani so‘nggi fuqarosigacha jang qilishga majbur qiladi” – Volodin

“AQSh Ukrainani so‘nggi fuqarosigacha jang qilishga majbur qiladi” – Volodin

AQShning Ukrainaga 61 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratish to‘g‘risidagi qarori “jang maydonidagi vaziya…
18:22 / 21.04.2024
Muzqaymoq sotish taqiqlanmoqda

Muzqaymoq sotish taqiqlanmoqda

Bu tartib kuzgacha kuchda bo‘ladi.
15:11 / 22.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024
Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan keyin birinchi haykali ochildi.

Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan keyin birinchi haykali ochildi.

Loyiha qiymati esa 124 ming dollarni tashkil etadi.
15:36 / 22.04.2024
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!