Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi, Mehnat partiyasi markaziy qoʻmitasining boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Kim Yo Chjon Janubiy Koreyaga yadroviy qurol bilan tahdid qildi. U Seulni Pxenyan bilan harbiy qarama-qarshilikka borishdan qaytargan.
“Agar Koreya Respublikasi harbiy qarama-qarshilikka boradigan boʻlsa, yadroviy kuchlarimizning oʻz burchini bajarishi muqarrar boʻlib qoladi”, dedi Kim Yo Chjon.
Uning fikricha, Koreya Respublikasi Mudofaa vaziri Pxenyanga qarshi ogohlantiruvchi zarba berish haqida gapirib, “juda katta xatoga yoʻl qoʻygan”.
Kim Yo Chjon shuningdek, Shimoliy Koreya Seul bilan urishishni istamasligi, uni oʻzining asosiy dushmani deb bilmasligini taʼkidlagan. “Agar Janubiy Koreya qoʻshini bizning davlatimizga qarshi hech qanday harbiy harakatni amalga oshirmasa, u ham biz tomonimizdan hujum qilinadigan nishon sifatida koʻrilmaydi”, dedi Yo Chjon.
Eslatib oʻtamiz, Shimoliy Koreya mart oyi oʻrtalarida Yapon dengizi tomonga raketa uchirgan edi. Mamlakat rahbari Kim Chen In KXDR uchun hujum qiluvchi qurollar ishlab chiqarish lozimligi, bu davlat hududidagi tinchlikni taʼminlash va tashqi xavf-xatarga qarshi turishga imkon berishini aytib oʻtgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!