$
12711.00 UZS
21
136.31 UZS
0.36
13538.49 UZS
12.22
22° Kechasi 10°

Kino va hayot: Afsonaviy “Titanik”ning yoʻlovchilari aslida qanday koʻrinishda boʻlishgan?

21:12 / 20.12.2021

“Titanik” halokati – XX asrning eng dahshatli va fojiali hodisalaridan biri. Ushbu halokat haqida juda koʻp filmlar suratga olingan, ular orasidagi eng mashhuri esa rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan taqdim etilgan “Titanik” filmidir. Film bosh qahramonlar – Rouz va Jek oʻrtasidagi muhabbat haqida hikoya qilsa-da, kinoasar mualliflari unga haqiqatda ham tarixda boʻlgan va “Titanik”da safarga otlangan shaxslar obrazini qoʻshishni unutmaganlar.

Margaret Braun

Margaret Braun prototipi boʻlgan Molli Braun zodagon ayollardan biri, jamoatchilik arbobi va filantrop edi. U filmda Jekni oqsuyaklar davrasidagi kechki taomga taklif qiladi, bosh qahramonga oʻgʻlining liboslarini taqdim etadi. Aslida esa Molli Braun halokat sodir boʻlgandan keyin yoʻlovchilarni qayiqlarga oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatgan, oʻzi esa qayiqqa chiqishdan bosh tortgan. U real hayotda ham qayiq boshqaruvchisini uni ortga burishga va yana bir nechta odamni qutqarishga koʻndirgan.

Molli Braun halokatdan keyin omon qolganlarga yordam berish bilan shugʻullangan, ularga bir-birlarini topishga koʻmak bergan. Margaret ushbu saʼy-harakatlari uchun mukofot bilan ham taqdirlangan.

Kapitan Edvard Smit

Edvard Smit “Uayt Star Layn” kompaniyasining eng tajribali kapitanlaridan biri edi. U “Titanik” kemasining rulini qoʻlga olishdan avval 40 yillik tajriba toʻplagan. Filmda kema kapitani qahramonlik koʻrsatgancha “Titanik”da qolishni va shu yerda oʻlishni afzal biladi.

Haqiqiy “Titanik”ning kapitani oʻz jamoasiga yoʻlovchilarni qutqarishga yordam bergan, kemaning boshqaruv ruli yoniga esa halokatga sanoqli daqiqalar qolganda va yoʻlovchilarni qutqarish imkoni butunlay boy berilgandagina kelgan.

Tomas Endryus

Tomas Endryus “Titanik”ning bosh muhandisi edi, shuning uchun kemaning ilk safarida oʻzi ham ishtirok etishni istagan. Kema aysbergga toʻqnashganidan keyin halokatdan qochib qutulish imkoni yoʻq ekanligini birinchi boʻlib tushungan odam ham Endryus edi.

Tomas Endryus yoʻlovchilarni kayutalarni zudlik bilan tark etish, qutqaruv nimchalarini kiyish va qayiqlarga tezroq chiqib oʻtirishga chaqirgan. Muhandis yoʻlovchilarni qutqarib qolish uchun oxirigacha kurashgan. Halokatdan omon qolgan insonlar u oxirgi marta kema palubasida koʻrinish bergani, muhandis pastga tushib ketgan odamlar tomon oʻrindiqlar uzatgani, choʻkayotgan odamlar oʻrindiqlardan qayiq oʻrnida foydalanishlariga umid qilganini aytishadi. Afsuski, Endryus halokatdan omon qolmagan.

Jozef Bryus Ismey

Jozef Bryus Ismey “Uayt Star Layn” kompaniyasi raisi va direktori edi. “Titanik” uning orzulari amalga oshgan moʻjizaga aylangan: Ismey kemaning imkon qadar hashamatli boʻlishi, raqobatchilarning bunday kemani qurishga hech qanday imkoniyatlari qolmasligini istagan. Aynan uning fikri bilan qutqaruv qayiqlari soni 48 tadan 16 taga tushirilgan.

Uilyam Merdok

Kema kapitanining yordamchisi Uilyam Merdok bu sohada 16 yillik tajribaga ega edi. Ammo, bu kemani qutqarib qolish uchun yetarli boʻlmadi. Kema aysbergga yaqinlashib ketayotganini juda kech payqadilar, shuning uchun ham Merdok halokatning oldini olish uchun hech narsa qila olmadi. Filmda ushbu qahramon qabih, poraxoʻr va odamlarga qarata oʻq uzishdan ham tap tortmaydigan odam qiyofasida aks ettirilgan, bundan esa Merdokning avlodlari gʻazab otiga minishgan.

Aslida kapitanning yordamchisi yoʻlovchilarni qutqarish uchun oxirgi daqiqalarga qadar harakat qilgan. Film ijodkorlari Merdokni yaramas odam sifatida koʻrsatganlari uchun uning avlodlaridan rasman kechirim soʻrashgan va Merdok nomidagi mukofot fondiga xayriya ham qilishgan. Uilyam Merdok halokatdan omon qolmagan.


San'at


														
														“Ocean Art 2023” tanlovida g‘olib bo‘lgan fotosuratlar e’lon qilindi

“Ocean Art 2023” tanlovida g‘olib bo‘lgan fotosuratlar e’lon qilindi

O‘tgan yilgi "Ocean Art" tanlovi g‘oliblarining ajoyib suv osti fotosuratlarini ko‘rib zavrlanish mumkin.
12:26 / 28.01.2024

														
														Aktyor bo‘ydoqlarga maslahat berdi

Aktyor bo‘ydoqlarga maslahat berdi

Hamda o‘zining hayotiy tajribalari va xulosalarini muxlislari bilan bo‘lishdi.
12:12 / 20.01.2024

														
														2024-yilda urfga kiradigan 9 ta rang

2024-yilda urfga kiradigan 9 ta rang

Sizga Pantone modalar uyi taqdim qilgan ro‘yxat bo‘yicha yozgi mavsum uchun tanlovlarni amalga oshirishga yordam beramiz.
17:57 / 17.01.2024

														
														Dunyodagi eng mashhur besh muzey

Dunyodagi eng mashhur besh muzey

Dunyo tan olgan eng ko‘hna besh muzey haqda ma’lumot beramiz.
12:37 / 17.01.2024

														
														Jidda shahrida Haj va umra vazirligi bilan kelishuv imzolandi

Jidda shahrida Haj va umra vazirligi bilan kelishuv imzolandi

Haj va umra vaziri so‘nggi yillarda O‘zbekiston eng yaxshi natijalarga erishayotgani va jadal taraqqiy etayotganini ta’kidla…
16:14 / 08.01.2024

														
														Birinchi xonimlar Xitoy san’at va hunarmandchilik muzeyida bo‘ldi

Birinchi xonimlar Xitoy san’at va hunarmandchilik muzeyida bo‘ldi

Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida sammitga kelgan delegatsiyalar rahb…
14:09 / 18.10.2023

														
														Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati namoyish etildi

Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati namoyish etildi

"Bir makon, bir yo‘l" forumi doirasida Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston F…
12:22 / 30.09.2023

														
														Aktrisa Inna Churikova vafot etdi

Aktrisa Inna Churikova vafot etdi

Rossiyaning taniqli teatr aktrisasi og‘ir kasallikka chalingan edi.
17:58 / 14.01.2023

														
														Jastin Biber o‘z qo‘shiqlariga bo‘lgan huquqlarni million dollarga sotib yubormoqchi

Jastin Biber o‘z qo‘shiqlariga bo‘lgan huquqlarni million dollarga sotib yubormoqchi

Hozirda ushbu kelishuv muhokama qilinmoqda.
09:44 / 22.12.2022

Bu ham qiziq

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024
Latviya maktablarida rus tilini o‘qitish to‘xtatiladi

Latviya maktablarida rus tilini o‘qitish to‘xtatiladi

Latviya maktablarining deyarli yarmida rus tili ikkinchi chet tili sifatida o‘qitiladi.
10:27 / 22.04.2024
VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

21-aprel kuni Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent …
14:32 / 22.04.2024
Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi

Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiy…
08:48 / 22.04.2024
G‘azoda Isroil tajovuzi qurbonlari soni 34 mingdan oshdi

G‘azoda Isroil tajovuzi qurbonlari soni 34 mingdan oshdi

7-oktyabrdan beri G‘azo sektorida davom etayotgan Isroil tajovuzi natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 34 097 kishig…
18:20 / 21.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Familiyangiz baholaringizga ta’sir qilgan

Familiyangiz baholaringizga ta’sir qilgan

Bundan tashqari alifbodagi dastlabki harflar bilan boshlanadigan familiyaga ega bo‘lish ham bahoga ijobiy ta’sir qilishi mum…
11:20 / 22.04.2024
TikTok AQShda butunlay taqiqlandi

TikTok AQShda butunlay taqiqlandi

Rossiyada bloklanishi taklif qilinyapti.
10:49 / 22.04.2024
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024
Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Qanday qilib bitta jang yosh chempionning hayotini o‘zgartirib yubordi?
10:54 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!