“Klon” seriali orqali kino muxlislariga yaxshi tanish boʻlgan braziliyalik aktrisa Fransuaza Forton 64 yoshida ogʻir kasallik tufayli vafot etdi.
Ijodkor soʻnggi yillarda saraton kasalligiga qarshi kurashgan. Aktrisaning saratonga chalingani 1989 yilda aniqlangan, shunga qaramasdan 2019 yilga qadar ijod qilishda davom etgan. U oxirgi bir necha oyni shifoxonada oʻtkazgan.
Aktrisa 50 yillik ijodiy faoliyati davomida 40 dan ortiq seriallarda suratga tushgan. Olamshumul mashhurlikka erishgan “Klon” serialida doktor Alberining yordamchisi Simona rolini ijro etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!