Sobiq ikki karra UFC chempioni Konor Makgregor oʻzining “Black Forge Inn” bariga qilingan hujumga munosabat bildirdi.
Konor muassasada tamaddi qilish uchun kelgan kuni ikki notanish shaxs skuterda kelib muassasaga hujum uyushtirishgan.
Shuningdek portlovchi moddalar qoldirilgan. Biroq, bosqinchilar paydo boʻlganida, Makgregor barni allaqachon tark etib boʻlgan.
“Hammaga dam olish kuni muborak boʻlsin — dam oling, chunki hayot shunday kaltakki, oxir-oqibat siz oʻlasiz. Ammo siz ketish vaqti kelganini hech qachon bilmaysiz.
Biz bilan boʻlmagan, lekin ruhi hamon oramizda boʻlganlarni eslaylik”, — deb yozdi Konor oʻz Instagram sahifasida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!