“Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte “Yuventus” futbolchilari Deyan Kulusevski va Ueston Makkenni bilan “shporlar” yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Turinliklar har bir futbolchini 35 million yevroga baholayapti va bu summadan past takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Kulusevski 2020-yilning yanvarida “Atalanta”dan “Yuventus”ga 35 million yevroga transfer qilingan edi. Joriy mavsumda shvetsiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 21 uchrashuvda bir gol va uchta samarali to‘p uzatishni amalga oshirdi. Deyanning “Ko‘hna Sinyora” bilan tuzgan shartnomasi 2025-yilda tugaydi.
23 yoshli Makkenni esa 2021-yilning yozida “Shalke”dan 20,5 millionga sotib olingan edi. Mavsum davomida amerikalik futbolchi 18 uchrashuvda ikkita gol urdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!