Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 27-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 137 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Andijon, 7 nafari Buxoro, 4 nafari Jizzax, 12 nafari Namangan, 15 nafari Samarqand, 2 nafari Farg‘ona, 1 nafari Xorazm, 14 nafari esa Toshkent viloyatida, shuningdek, 81 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Eslatib o‘tish mumkin, 26-noyabr kuni 124 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!