Mashhur amerikalik komediyachi Kris Rok “Oltin globus” ni topshirishning navbatdagi marosimi boshlovchisi lavozimidan bosh tortdi.
Anonim manbalarga ko‘ra, Kris Rokga katta miqdorda pul taklif qilingan. Biroq hozirda “Oltin globus” mukofotini taqdim etuvchi Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi o‘z tarixida misli ko'rilmagan inqirozni boshdan kechirmoqda.
O‘tgan yilgi marosim “A” ro‘yxatidagi ko‘plab yulduzlar sahna ortidagi muammolar, jumladan, ishtirokchilar o‘rtasida “xilma-xillik” yo‘qligi sababli qatnashishdan bosh tortganidan keyin efirga uzatilmadi. Shou bu yil NBC va Peacock telekanallarida efirga uzatiladi, biroq shartnoma faqat bir yilga mo‘ljallangan, ya’ni “Oltin globus” reytinglari ko‘tarilmasa, kelgusi yilda yangi shartnoma bo‘lishiga kafolat yo‘q.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!