Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.M.ning boshqaruvidagi “SPARK” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, 66 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.E. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida fuqaro D.Sh. 48 dona qizil va oq rangli kuchli ta’sir qiluvchi kapsula shaklidagi dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.K. “Mangulik” ko‘chasida 48 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!