Ronald Kuman Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi bilan terma jamoaga qaytish borasida muzokaralar olib bormoqda.
59 yoshli murabbiy 2018-yildan 2020-yilgacha “qizil lolalar”ni boshqargan edi, shundan so‘ng u o‘tgan yilning oktyabr oyida ishdan bo‘shatilgan “Barselona” taklifini qabul qildi.
Niderlandiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Lui van Galning shartnomasi shu yilning oxirigacha amal qiladi va Kuman 2022-yilgi jahon chempionati final turniridan keyin terma jamoani boshqarishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Qatardagi mundial 21-noyabrdan 18-dekabrgacha davom etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!