Kerakli masalliqlar:
- Tuxum – 4 dona
- Shakar – 200 gr
- Suv – 125 gr
- Sariyogʻ – 175 gr
- Qavartma – 1 choyqoshiq
- Un – 100 gr
- Bodom uni – 250 gr
Tayyorlanishi:
1. Tuxum va shakar oʻzaro qorishtiriladi.
2. Masalliqlar mikser yordamida 5-7 daqiqa koʻpirtiriladi.
3. Aralashma ichiga boʻlaklangan sariyogʻ, suv, qavartma va un qoʻshiladi.
4. Idish ichiga asta-sekinlik bilan bodom uni solinadi va oʻrta suyuqlikdagi xamir qoriladi.
5. Qolip ichiga pergament qogʻoz toʻshaladi.
6. Xamir qolipga joylanadi.
7. Pirog 180 daraja haroratda oʻrtacha 1 soat pishiriladi.
8. Pirogning ustki qismi istalgan turdagi meva boʻlaklari yordamida bezatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!