Kerakli masalliqlar:
Malinali konfi uchun:
- Malina pyuresi – 200 gr
- Shakar – 30 gr
- Jelatin – 4 gr
Biskvit uchun:
- Sariyogʻ – 50 gr
- Sut – 45 gr
- Tuxum – 50 gr
- Tuxum sarigʻi – 85 gr
- Un – 70 gr
- Tuxum oqi – 125 gr
- Shakar – 60 gr
Nachinka uchun:
- Sut – 50 gr
- Tvorogli pishloq – 315 gr
- Shakar – 30 gr
- Xandonpista pastasi – 35 gr
- Jelatin – 4 gr
Tayyorlanishi:
1. Konfi uchun malina pyuresi shakar bilan aralashtirilib, olov ustiga qoʻyiladi va qaynatib olinadi. Jelatin sovuq suvga ivitib qoʻyiladi.
2. Metall qolipning bir tomoniga oziq-ovqat plyonkasi tortiladi.
3. Jelatinning suvi silqitiladi va malinali aralashma ichiga solinadi. Massa qolip ichiga solinadi va muzlatgichda 3 soat qoldiriladi.
4. Massa qolip ichiga solinadi va muzlatgichda 3 soat qoldiriladi.
5. Biskvit uchun sut va sariyogʻ olov ustiga qoʻyib, sariyogʻning erishi kutiladi va aralashma ustidan un elandi. Xamir qorilgach, olov oʻchiriladi va idish ichiga tuxum ( + tuxum sarigʻi) solib qorishtiriladi. Xamirga istalgan rangdagi oziq-ovqat boʻyogʻidan qoʻshiladi. Tuxum oqi shakar (60 gr) bilan koʻpirtirilib, xamir ichiga solib yuboriladi. Xamir patnisga yupqa qilib quyiladi va 170 daraja haroratda 12-16 daqiqa davomida pishiriladi.
6. Biskvitdan kerakli shakldagi boʻlaklar kesilgancha kichik qoliplar ichi toʻldirib chiqiladi.
7. Nachinka uchun tvorogli pishloq va xandonpista pastasi (uning oʻrniga “Nutella” pastasini ham ishlatish mumkin) oʻzaro qorishtiriladi. Jelatin sovuq suvda ivitiladi.
8. Sut shakar bilan olov ustiga qoʻyib, qaynash holatiga keltiriladi va ichiga suvi silqitilgan jelatin qoʻshiladi. Aralashma ichiga sut solib, qorishtiriladi.
9. Qolipchalar ichiga malinali konfi boʻlagi joylangach, ichki qismi nachinka bilan toʻldiriladi. Shirinliklar 3 soatga muzlatgichga solib qoʻyiladi.
10. Tayyor desertning ustki qismi taʼbga koʻra bezatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!