$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Kun tarixi: 24-dekabr – Optimizm kuni. Nima uchun hayotda optimist boʻlish muhim va optimizm tomon 3 qadam

11:54 / 24.12.2021

Har yilning 24-dekabr kuni butun dunyoda optimistlar kuni nishonlanishidan xabaringiz bormi? Ushbu bayramni aynan kim oʻylab topgani aniq emas. Ammo, uni ajoyib bayram deb ishonch bilan aytish mumkin.

Nima uchun hayotda optimizm muhim?

Optimizm har doim ijobiy hayollar bilan yurish, kulib yashashga imkon beradi. Optimist insonlar maqsadlari tomon har qachon ildam qadam tashlashga oʻzlarida kuch topa olishadi, hamma narsadan yaxshi natija kutishadi. Bu esa ularni pessimistlarga nisbatan baxtliroq hayot kechirishlariga imkon beradi.

Optimistlar koʻproq umr koʻrishadi

Har doim yaxshi narsalar haqida oʻylab, yaxshilikka umid qilib yuradigan odamlarning salomatligi boshqalarnikiga nisbatan yaxshiroq boʻlishi fanda isbotlangan. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, optimistlar pessimistlarga nisbatan oʻrtacha hisobda 10 yilga koʻproq umr koʻrishadi. Optimistlar salomatliklari bilan bogʻliq muammolar kelib chiqqan holatda ham uni bartaraf etish uchun choralar koʻra boshlashadi, pessimistlar esa koʻp hollarda kasalliklardan tushkunlikka tushib qolishadi.

Optimistlarning muhabbat bobida omadlari koʻproq chopadi

Juftliklardan hech boʻlmasa birining optimist ekani munosabatlarning mustahkam va davomli boʻlishini taʼminlaydi. Optimistlar hamma narsani, atrofdagi odamlarni ham mukammallashtirishga harakat qiladi, bu ularning boshqalarga nisbatan baxtliroq yashashlariga yordam beradi. Ular tanlagan yorlaridagi kamchiliklarga koʻz yuma olishadi, pessimistlarda esa buning teskarisi kuzatiladi.

Optimistlar hayotda koʻproq narsalarga erishishadi

Aynan mana shu mavzuda suzish bilan shugʻullanuvchi sportchilar orasida tadqiqot oʻtkazilgan. Birinchi urinishda murabbiy ularga notoʻgʻri natijalarni eʼlon qilgan, har bir ishtirokchining natijasiga 2 soniyadan vaqt qoʻshib aytilgan. Natijalar ularning barchasini birday xafa qilgan.

Ikkinchi urinishda pessimistlar avvalgiga nisbatan 1,6% ga sekinroq, optimistlar esa 0,5% tezroq suzganlari qayd etilgan.

Qanday qilib optimistga aylanish mumkin? Optimizm tomon 3 qadam

1. Kuningizni yaxshi kayfiyatda boshlang. Uygʻonganingizdan keyin bir necha daqiqa davomida yaxshi narsalar toʻgʻrisida oʻylang, sizga baxt hissini bera oladigan odamlar va narsalar haqida xayol qiling. Tonggi kayfiyat kun davomida ham saqlab qolishiga aslo shubha qilmang.

2. Atrofingizdagi pessimist odamlardan uzoqlashing. Bizni qurshab turgan odamlar ruhiy holatimizga ham juda katta taʼsir koʻrsatadi. Biz ulardan ijobiy quvvat bilan bir qatorda salbiy quvvatni ham tortib olamiz. Kun davomida hayotdan noliydigan odam bilan birga boʻlsangiz, tez orada sizda optimizm ruhidan asar ham qolmaydi. Har doim optimistlar davrasida boʻling, pessimistlardan esa uzoqlashing.

3. Shukrona ayting. Bugungi holatingiz, salomatligingiz, atrofingizdagi odamlar, hayotingizdagi imkoniyatlar uchun shukrona ayting. Tinimsiz ravishda shukrona aytish – dunyoqarashingizni tubdan oʻzgartirib yuborishga qodir. Bu oʻzingizni har doim his qilishga, diqqatingizni ijobiy narsalarga qaratishga yordam beradi.


Qiziqarli


														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

														
														Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Hozircha yangi modelning narxi rasman e’lon qilinganicha yo‘q.
12:39 / 10.03.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat gul nechi pul turadi?

Dunyodagi eng qimmat gul nechi pul turadi?

Bu gulning o‘rtacha narxi 13 AQSh dollarini tashkil qiladi.
11:43 / 09.03.2024

Bu ham qiziq

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Bu 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga amal qiladi.
09:57 / 19.04.2024
“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

Buning uchun bank kartasi qaysi tashkilotga tegishli boʻlsa, oʻsha bankning “Call-markazi”ga qoʻngʻiroq qilish kifoya.
12:03 / 19.04.2024
Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida fransuz klubini tark etadi.
10:42 / 19.04.2024
Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Joriy yilda ekin maydonlari 2023-yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.
14:12 / 18.04.2024
Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Bir necha oy o‘tgach, yulduzli juftlik chaqaloqni muxlislarga ko‘rsatishga qaror qilishdi.
13:50 / 19.04.2024
Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
Filipp Kirkorov Litvaga kiritilmaydi

Filipp Kirkorov Litvaga kiritilmaydi

Biroq sud mamlakatga kirishni taqiqlash adolatli chiqarilgan hukm deb topdi.
10:00 / 19.04.2024
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024
Nega bolalarda semizlik kasalligi oshmoqda?

Nega bolalarda semizlik kasalligi oshmoqda?

Bolalikdan semirish insonning katta yoshda ham ortiqcha vaznga moyilligini oshiradi.
11:19 / 19.04.2024
Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib b…
11:55 / 19.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!