$
12654.57 UZS
-12.43
135.26 UZS
-0.51
13483.44 UZS
1.95
22° Kechasi 10°

Kun tarixi: 8-yanvar – Stiven Uilyam Xoking dunyoga kelgan kun

09:24 / 08.01.2022

1942-yilning 8-yanvar kuni zamonamizning eng taniqli fizik olimlaridan biri Stiven Uilyam Xoking dunyoga kelgan. Shu munosabat bilan olimning hayotiga birgalikda nazar tashlaymiz.

Oʻlim bilan yuzma-yuz

“Erta oʻlish ehtimoli hayot yashab oʻtishga arzishini tushunishim uchun yordam berdi”, degan edi yosh Stiven Xoking. Salomatligi bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlganda boʻlgʻusi olim 20 yoshga kirib ham ulgurmagandi. U mushaklar zaifligi, gapirish va yutinish bilan bogʻliq muammolarni payqay boshladi. 21 yoshga toʻlgan vaqtida shifokor tomonidan Xokingga lateral amiotrofik skleroz tashxisi qoʻyildi. Bu oʻta kamyob va davosi yoʻq kasallik boʻlib, harakat neyronlariga zarar yetkazar, falajlik va mushaklarning qurishiga sabab boʻlardi. Ushbu kasallikka chalingan bemorlar odatda nafas olish jarayonida ishtirok etadigan mushaklarning ishdan chiqishi natijasida vafot etishadi.

Shifokorlar Xokingga yana 2,5 yil yashay olishini aytishdi. Ammo, Xoking tashxis qoʻyilganidan keyin 2,5 yil emas, 55 yil umr koʻrdi. Kasallik tezlik bilan rivojlanib ketdi, olim avvaliga qoʻltiqtayoqlardan foydalandi, 1960 yillarning oxiriga kelib aravachaga mixlandi. Uning aravachasi bilan bogʻliq unutilmas voqealar juda koʻp bor sodir boʻlgan. Misol uchun, olim uchrashuvlarning birida oʻz aravachasi bilan shahzoda Charlzning oyogʻini tasodifan bosib ketgan ekan. Xoking umrini mana shu qurilma bilan oʻtkazganiga qaramay, hech qachon tushkunlikka tushmagan, aravachada oʻtirgan holida raqsga tushishni juda yaxshi koʻrgan.

Davosi yoʻq kasallikka chalinish, jismoniy imkoniyatlarning cheklanishi Stiven Xokingni qiziqarli hayot kechirish imkoniyatidan mahrum qilolmadi. U ikki marta turmush qurgan, birinchi turmushidan uch nafar farzand koʻrgan, Vyetnamdagi urushga qarshi marshda ishtirok etgan, 2012-yili Paralimpiya oʻyinlarini ochib bergan va kosmosga chiqishni orzu qilgan.

“Koinot bilan taqqoslaganda odam zoti shunchalar kichikki, nogironlik kosmik jihatdan katta ahamiyatga ega emas”, degan edi olim oʻzining hayotga boʻlgan falsafiy qarashlarini namoyish etgancha.

Oʻzga sayyoraliklarning borligiga ishongan

Taniqli fizik ilm-fan sohasidagi yutuqlaridan tashqari qoʻrqinchli prognozlari bilan ham mashhurlikka erishgan. Olim 2017-yilda Pekindagi “Tencent WE” sammitida ishtirok eta turib, insoniyat 2600-yilga kelib butunlay yoʻq boʻlib ketishi mumkin ekanligini aytgan.

Uning fikricha, Yerdagi aholi sonining keskin koʻpayishi, energiya sarfining oshishi natijasida sayyora “yonayotgan olovli shar”ga aylanib qoladi.

Xoking mana shunday holatda ham odamzotning halokatdan qutulib qolishga imkoniyati boʻlishi, buning uchun yashash uchun yaroqli sayyorani tezroq topish va asta-sekin unga koʻchib oʻtish zarurligini taʼkidlagan.

U insoniyatning yangi uyiga aylanishi mumkin boʻlgan joyni Alfa Sentavradan izlashni taklif qilgan.

Stiven Xoking koinotda oʻzga sayyoraliklar mavjud ekanligiga ishongan. “Agar Yerda hayot shakllanishi haqidagi hisob-kitoblarimiz toʻgʻri boʻlsa, qayerlardadir yashash uchun yaroqli sayyoralarga ega yulduzlar boʻlishi kerak. Ayrim sayyoralar tizimi Yerdan 5 milliard yil avval shakllangan. Xoʻsh, unda nima uchun haligacha sayyoramizga mehmonlar uchib kelishmadi? Yoki ularni shunchaki payqamay qoldikmi?”, degan edi u.

Olim oʻzga sayyoraliklar bor boʻlgan taqdirda ham ular bilan toʻqnash kelish yaxshi fikr emasligini aytib oʻtgan. Uning taxminlariga koʻra, texnik jihatdan odamdan ilgʻor boʻlgan oʻzga sayyoraliklar insoniyatni talon-taroj qilishi va Yerdagi bor resurslarni tashib ketishi mumkin. Olim ushbu vaziyatni Amerikaning kashf etilishi va bu yerlik tub aholining qulga aylantirilishi bilan taqqoslagan.

Stiven Xokingning ilmiy prognozlaridan yana biri sunʼiy intellektga bogʻliq edi. U sunʼiy intellektni kuchli qurolga oʻxshatgan, uning insoniyat taqdirida muhim rol oʻynashi, qudratli intellektning yaratilishi tarixdagi oxirgi hodisaga aylanishi mumkinligini taxmin qilgan.

Vaznsizlik holatidagi 25 soniya

2006-yilda Stiven Xoking eng katta orzularidan biri kosmosga chiqish ekanligini tan oladi. “Zero Gravity” kompaniyasi esa olimning istagini amalga oshiradi. Toʻgʻri, u kosmosga chiqa olmagan, ammo vaznsizlik holatini boshdan kechirishi uchun imkon yaratilgan.

2007-yilning 26-aprel kuni uni aynan mana shu maqsadda jihozlangan “Boing” bortiga olib kirishadi, qurilma oʻn kilometrli balandlikka koʻtariladi. Olim aravachadan yechiladi va polga yotqiziladi. Xoking bu vaqtda shifokorlar nazorati ostida boʻlgan. U 25 soniya davomida vaznsizlik holatini boshdan kechirgan. Yerga qaytgan olimning salomatligiga oid barcha koʻrsatkichlar darhol tekshirilgan. Shu tariqa Stiven Xoking vaznsizlik holatida boʻlgan tarixdagi birinchi imkoniyati cheklangan odamga aylangan.

Stiven Xoking ilm-fan uchun oʻta katta ahamiyatga ega odam boʻlishiga qaramay, Nobel mukofotini ololmagan. Ushbu mukofot ilm-fanga qoʻshilgan hissa uchun emas, kashfiyotlar uchun berilishini bilgan Xoking nufuzli mukofotni olishga hech qachon umid qilmagan.

Olim 2018-yilning 14-mart kuni 76 yoshida vafot etadi va Vestministr abbatligida dafn etiladi. Yevropaning kosmik agentligi esa uning ovozi yozilgan signalni 1A 0620-00 qora tuynugi tomon yuboradi. Bu ish olimning kosmosga chiqish va Koinotni tadqiq qilish istagi timsoli sifatida amalga oshirilgan.


Qiziqarli


														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

														
														Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Hozircha yangi modelning narxi rasman e’lon qilinganicha yo‘q.
12:39 / 10.03.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat gul nechi pul turadi?

Dunyodagi eng qimmat gul nechi pul turadi?

Bu gulning o‘rtacha narxi 13 AQSh dollarini tashkil qiladi.
11:43 / 09.03.2024

Bu ham qiziq

Yangi hafta boshida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Yangi hafta boshida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi.
15:47 / 14.04.2024
Indoneziyada ko‘chki oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Indoneziyada ko‘chki oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Shundan 15 kishi Makale viloyatidagi qishloqlarda halok bo‘lgan.
14:12 / 15.04.2024
Xalqaro yuk tashish

Xalqaro yuk tashish

Xalqaro yuk tashish – bu global savdo uchun juda muhim komponent bo'lib, tovarlarning mamlakatlar va qit'alar o'rtasida uzlu…
11:12 / 15.04.2024
Reklamalar endi kosmosda ham bor

Reklamalar endi kosmosda ham bor

Unda logotipni joylashtirish 1 000 000 dollarga tushadi.
11:12 / 15.04.2024
Baxtiyor Saidov Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikiston Respublikasi tashqi ishl…
16:43 / 14.04.2024
16-aprel kuni respublikamizning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

16-aprel kuni respublikamizning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 16-aprel, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:18 / 15.04.2024
Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024
Qirgʻizistonda arabcha ismlar qoʻyishni toʻxtatish taklif qilindi

Qirgʻizistonda arabcha ismlar qoʻyishni toʻxtatish taklif qilindi

Bu haqda “Kaktusmedia” xabar berdi.
12:00 / 15.04.2024
Poytaxtning uchta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning uchta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari’ MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:01 / 16.04.2024
iPhone’da yangi funksiya, endi uni o‘g‘irlash foydasiz

iPhone’da yangi funksiya, endi uni o‘g‘irlash foydasiz

Funksiya 2024-yilning kuzida ishga tushadi
11:24 / 15.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!