$
12694.96 UZS
23.12
134.66 UZS
0.02
13508.71 UZS
39.81
22° Kechasi 10°

Kun tarixi: Butunjahon erkaklar kuni. Puerto-Riko oroli kashf etilgan, Indira Gandi dunyoga kelgan kun

15:16 / 19.11.2021

Bugun erkaklarning bayrami! Shuningdek, betakror Puerto-Riko kashf etilgan va tarixdagi eng mashhur siyosatchi ayollardan biri – indira Gandi dunyoga kelgan kun.

Butunjahon erkaklar kuni

19-noyabr sanasi Butunjahon erkaklar kuni deb eʼlon qilingan. Ushbu sana ilk marta bayram sifatida Trinidad va Tobagoda nishonlangan, keyin esa Avstraliya, Shimoliy Amerika, Osiyo, Yevropa va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo mamlakatlarga ham tarqalgan.

Bugungi kunda ushbu bayram dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida doimiy ravishda nishonlab kelinadi.

Erkaklar kunini nishonlash gʻoyasi Vest-Indiya universiteti doktori Jerome Tiluksingxga tegishli boʻlgan. U erkaklarning oila va jamiyatdagi roliga urgʻu beruvchi bayram taʼsis etishni taklif qilgan. Ushbu kunni nishonlash uchun Tiluksingx 19-noyabr sanasi – oʻz otasining tugʻilgan kunini tanlab olgan. Shundan buyon har yilning 19 noyabr sanasida erkaklar kuni nishonlab kelinadi.

Puerto-Riko oroli kashf etilgan kun

Taniqli sayohatchi Xristofor Kolumb 1493-yilning 19-noyabr kunida Puerto-Rikoni kashf qilgan.

Ispan dengizchilari Kolumb boshchiligida gʻarbiy yarimshardagi orollarning biriga kelib oʻrnashishadi va uni San-Xuan oroli deb nomlashadi. Orolning maʼmuriy markazi sifatida Puerto-Riko (“boy port”) tanlab olinadi. Ammo, oʻtgan yillar davomida xaritashunoslar orol va shaharning nomini adashtirib qoʻyishadi. Shuning uchun ham bugungi kunda davlat Puerto-Riko, uning poytaxti esa San-Xuan deb ataladi.

Indira Gandi dunyoga kelgan kun

BBC talqiniga koʻra “Mingyillik ayoli”, “Hindistonning temir xonimi”, “Hind xalqining onasi”... Ushbu taʼriflarning barchasi Hindistonning uchinchi bosh vaziri Indira Gandiga tegishli. Indira Gandi koʻpchilik taxmin qilganidek Maxatma Gandining qarindoshi boʻlmagan, balki Hindistonning birinchi bosh vaziri Javohirlal Neru oilasida dunyoga kelgan.

Gandi familiyasini yosh Indira jurnalist va siyosatchi Feroz Gandi bilan oila qurgach, olgan. U bosh vazir lavozimiga saylangan dunyodagi ikkinchi ayol boʻlgan (birinchisi Shri-Lanka bosh vaziri Sirimavo Bandaranaike edi).

Yosh Indira 1955-yilda otasi Javohirlal Neru bilan birga Samarqand shahrida boʻlgan. U eng kuchli siyosatchi ayollardan biri sifatiga tarixga kirgan.


Qiziqarli


														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

														
														Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Hozircha yangi modelning narxi rasman e’lon qilinganicha yo‘q.
12:39 / 10.03.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat gul nechi pul turadi?

Dunyodagi eng qimmat gul nechi pul turadi?

Bu gulning o‘rtacha narxi 13 AQSh dollarini tashkil qiladi.
11:43 / 09.03.2024

Bu ham qiziq

Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning klubi qiziqish bildirmoqda

Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning klubi qiziqish bildirmoqda

Abbosbekning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
14:19 / 17.04.2024
Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Qovoq “Tormund” deb nomlangan.
14:07 / 18.04.2024
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Bu haqda Qirg‘iziston IIV xabar qildi.
09:18 / 18.04.2024
Taker Karlsonga Telegram asoschisidan intervyu oldi

Taker Karlsonga Telegram asoschisidan intervyu oldi

U video formatda chiqariladi.
09:41 / 17.04.2024
Dubayda oltin banknota chiqarildi

Dubayda oltin banknota chiqarildi

Banknotalar Dubay oltin bozoridagi “Dian Jewellery” va “Shantilal Jeweler” magazinlarida mavjud.
09:57 / 17.04.2024
Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

"Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari endi mehnat sharoitlari va juda past maoshlarning garovi bo‘lmasligi k…
11:44 / 17.04.2024
Litva aholisi qarib bormoqda

Litva aholisi qarib bormoqda

Bu mehnat bozoriga salbiy ta’sir qilmoqda.
10:14 / 17.04.2024
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
09:01 / 17.04.2024
Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, bu gullar Qizil kitobga kiritilgan.
09:45 / 17.04.2024
Olti oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida novvoyxona qayta ochildi

Olti oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida novvoyxona qayta ochildi

Muassasa olti oyga yopilgan edi.
15:51 / 17.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!