“Latsio”ning serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich yozda “Manchester Yunayted” yoki “PSJ”ga oʻtishi mumkin, deb yozadi Nikolo Shkira oʻzining Twitter sahifasida.
Manbaga koʻra, markaziy yarim himoyachi yozda Rim klubini tark etishi mumkin. “Latsio” futbolchi bilan 70-80 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor. Futbolchiga “Manchester Yunayted” va “PSJ” klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, serb Parij klubining sport direktori Leonardoga yoqadi. “Yunayted” esa 2019-yilning yozida yarim himoyachi sotib olishga harakat qilgan. Oʻshanda “qizil iblislar” Milinkovich-Savich uchun 60 million yevro toʻlashga tayyor edi.
Maʼlumot uchun, “Latsio” bilan shartnomasi 2024-yilning yozida yakuniga yetadigan serbiyalik yarimhimoyachi joriy mavsumda 23 oʻyin oʻtkazib, 5 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!